Maydonning turli nuqtalaridan beriladigan zarbalar turlari Maydonning u yoki bu nuqtasidan ijro etiladigan zarba erkin yoki jarima zarbasi
bo`lishi mumkin.
Erkin yoxud jarima zarbasi ijro etilayotganda to`p harakatsiz holda bo`lishi shart. Zarba ijro etuvchi futbolchi to`p boshqa bir futbolchining oyog`iga tekkandan so`nggina to`pni tepishi mumkin.
Jarima zarbasi /Agar jarima zarbasi ijro etilganidan so`ng to`p futbolchilardan hech biriga
tegmasdan raqib darvozasi to`riga borib tushsa, «darvoza
ishg`ol etilgan», deb hisoblanadi
/Agar jarima zarbasidan so`ng to`p futbolchilardan hech
kimga tegmay, o`z darvozasiga borib tushsa, raqib jamoa
foydasiga burchak to`pi belgilanadi. (Ya`ni, AVTOGOL
hisoblanmaydi!)
ERKIN ZARBA
Majburiy ishora Erkin zarba berilishi oldidan hakam qo`lini boshi uzra
ko`tarib, zarba berilgach, to`p o`yinchilardan biriga tekkuncha,
yoki maydonni tark etguncha qo`lini tushirmaydi.
4.20-rasm
To`p darvozaga borib tushdi Erkin zarba yo`llangandan keyin faqatgina to`p o`yinchilardan biriga tegib, darvozaga borib tushgan holdagina gol inobatga olinadi. /Agar erkin zarbadan so`ng, to`p hech kimga tegmasdan raqib darvozasi
to`riga borib tushsa, gol hisoblanmaydi va to`p darvoza maydonchasidan
o`yinga kiritiladi.
/Agar erkin zarba ijro etilgandan so`ng to`p hech bir o`yinchiga tegmasdan,
o`z darvozasi to`riga borib tushsa, raqib komanda foydasiga burchak to`pi
beligilanadi.
Maydonning turli nuqtalaridan zarba ijro etish Jarima maydoni ichidan jarima yoki erkin zarba ijro etish Erkin yoki jarima zarbasi ijro etilayotganda himoyalanayotgan jamoa o`yinchilari: /to`pdan kamida 9,15 m masofada turishadi;
/to`p o`yinga kiritilgunga qadar, raqib jamoa o`yinchilari jarima maydoni
tashqarisida turishi kerak;
/To`pga oyoq bilan zarba berilgach, hech bir o`yinchiga tegmasdan jarima
maydonini tark etgan lahzadan boshlab, to`p o`yinga kiritilgan deb
hisoblanadi;
darvoza maydonchasi ichida qayd etilgan qoida buzilishi uchun belgilangan
erkin yoki jarima zarbasi bu maydonchaning istalgan nuqtasidan amalga
oshiriladi.