O`yinchi «o`yindan tashqari» holatga tushmaydi, agar:
O`z jamoasining yarim maydonida bo`lsa,
Raqib jamoasining so`nggi o`yinchisi bilan bir xil
darajada bo`lsa,
Raqib jamoasining so`nggi va so`nggisidan bitta oldin
turgan o`yinchisi bilan bir xil darajada bo`lsa.
Qoidabuzarlik «O`yindan tashqari» holatda qolgan futbolchini hakamning fikriga ko`ra
jamodoshlaridan bironta sherigi to`pga teginish vaqtida o`yinga faol tarzda
xalaqit qilsa, jazolash mumkin, ya`ni:
/to`p bilan harakat qilishda bevosita ishtirok etsa,
/raqib harakatlariga xalaqit qilsa,
/o`zining egallab turgan pozitsiyasidan yaxshiroq vaziyatga chiqishga urinsa.
Qoidabuzarlik yo`q «O`yindan tashqari» holatda qolgan o`yinchini jazolash kuzatilmaydi, agar u
bevosita to`pni quyidagi holatlarda qabul qilib olsa:
/Darvozadan erkin to`p tepilgandan so`ng,
/Yon chiziqdan tashab berilganda,
/Burchak to`pi tepilganda.
Qoidabuzarlik, jarimalar Har bir «o`yindan tashqari» holat bilan bog`liq qoidabuzarlikda hakam qoida
buzilgan nuqtadan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilashi kerak.
Izoh: 1866-yilda “o`yindan tashqari holat” qoidasi yengillashtirildi. Endi
raqiblar sirt chizig`i bilan o`zi o`rtasida qarshi tomon o`yinchilaridan uch kishi
bo`lsa, bu o`yinchi “o`yindan tashqari holat”da bo`lmaydi.
12-QOIDA: Qoida buzilish holatlari va qoidaga zid xatti-harakatlar O`yinchilar tomonidan qo`llangan qoidaga zid va tartibsiz harakatlar
quyidagicha jazolanadi:
Jarima to`pi Uchrashuv hakamining fikriga ko`ra, o`yinchi raqibiga nisbatan qo`pol va xavfli tarzda o`ynab, quyidagi 6 holatlardan birini qo`llagan vaziyatlarda raqib jamoa foydasiga jarima to`pi belgilanadi: /raqib o`yinchiga oyog`i bilan zarba berish yoki bunga harakat qilsa;
/raqib o`yinchini chalib yiqitsa yoki bunga harakat qilsa;
/raqib o`yinchi ustiga sakrab chiqib olsa;
/raqib o`yinchiga nisbatan xavfli hujum uyushtirsa;
/raqib o`yinchiga qo`li bilan zarba bersa yoki bunga harakat qilsa;
/raqib o`yinchini qo`pol tarzda turtib muvozanatdan chiqarib yuborsa.