O’Agrar munosabatlar va ularni bozor tizimidagi xususiyatlari mundarij a kirish. Asosiy qism


O’zbekiston Respublikasida agrobiznes rivojlanishining



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə6/8
tarix10.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#95743
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu agrobiznes va uning turlari

2.1. O’zbekiston Respublikasida agrobiznes rivojlanishining holati
Hozirgi kunda mamlakatni rivojlantirish qishloq xo’jaligisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligini esa agrobiznes bilan rivojlantirish mumkin. Shuning uchun ham har bir davlat o’z oldiga agrobiznesni rivojlantirishni maqsad qilib qo’yishgan. Shu nuqtai nazardan olib qarasak O’zbekistonni rivojlantirishda agrobiznesning ro’li beqiyos.
O’zbekiston agrosanoat majmuasi uchun burilish davrlaridan biri 1998 yil bo'lib, qishloq xo'jaligi sanoatni axborotlashtirish masalalarida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmay qoldi. Shu paytdan boshlab qishloq xo'jaligi bozorining yirik ishtirokchilari davlatdan mustaqil ravishda o'zlarining axborot tuzilmalarini yaratishni boshladilar. Bu davlatning yirik agrobiznesni boshqarish vositalaridan mahrum bo'lishiga, agrosanoat majmuasini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirlarning samaradorligi pasayishiga va kichik ishlab chiqaruvchilar o'z faoliyatini kengaytirish imkoniyatlarini yo'qotishiga olib keldi. 2018 yil 26 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3680-sonli hamda 2019 yil 29 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4406-sonli qarorlari orqali agrobiznesni va qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qaratilgan kompleks chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Hozirda yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ektlari va davlatlar siyosatiga ta'sir o'tkazishning eng kuchli usullaridan biriga aylandi. O’zbekistonda iqtisodiyot va uning tarmoqlarini raqamlashtirish jarayoni boshlandi. Bunday tadbirlarning maqsadi - axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini o'z ichiga olgan ko'plab masalalar bo'yicha zamonaviy ma'lumotlar bazalari bilan yagona axborot makonini yaratish hisoblanadi. Agrobiznes birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan,
bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrobiznes birlashmalarini tashkil qiladi.
Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shartsharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2014 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 38549 ta bo’lgan bo’lsa, 2020 yilda 92,6 mingtaga yetdi. Fermer foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalikixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi mavjud iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.
Agrosanoat majmuasini rivojlantirishning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlari:
_ish joylarini kengaytirish va ishchilarning ushbu sohadagi manfaatlarini qondirish;
_qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yangiliklarni kiritish;
_agrosanoat majmuasining barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishini ta'minlash;
_ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;
-qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy barqarorligini oshirish;
_atrof-muhitni saqlash va ko'payishini ta'minlash, tabiiy resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish.
Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishini chizmada tasvirlash mumkin.






Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin