O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə13/55
tarix13.05.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#113175
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
СТАНДАРТ лотин

4-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari

  • Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;

  • atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

  • savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;

  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.

  • 5-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari

  • Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi;

  • texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi;

  • texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;

  • texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi.

  • 6-modda. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi

  • Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

  • Oldingi tahrirga qarang.

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

  • (6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.


  • Yüklə 1,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin