O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə16/55
tarix13.05.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#113175
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
СТАНДАРТ лотин

11-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • 12-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladi.

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyati O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • 13-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan hamda o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi.

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi umumiy va maxsus texnik reglamentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari o‘zlari tasdiqlagan maxsus texnik reglamentlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondiga belgilangan tartibda taqdim etadi.

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


  • Yüklə 1,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin