tana teraperaturasining doimiyligi va yuqori bo’lishi;
3.
Yerda yurishi yoki daraxtlarda o’rmalash holatlarini yo’qotmagan
holda ularning uchishga moslashganligi. Qushlarning ko’payishi
uya qurish,
tuxumni
bosib yotish, jo’jalarini boqish va ularni
himoya qilish kabi murakkab
biologik
jarayonlar bilan kechadiki, bu albatta avlodlarining
yuqori darajada
yashovchanligini ta’minlaydi.
Qushlarning mazkur xossalari ular yosh sinf vakillari bolishiga qaramasdan
butun yer yuzida keng tarqalgan. Umurtqali hayvonlar o’rtasida
doimiy tana
temperaturasi yoki
gomoytermiya
birinchi marta qushlardan boshlanadi. Albatta bu
arteriya va vena qonlarining tamoman ajralganligi (yuragi to’rt
kamerali va bitta
o’ng aorta yoyi bor) va to’qimalarni kislorod bilan intensiv ta’minlanganligi bilan
bog’liq. Natijada moddalar almashinuvi tezlashadi va tana temperaturasining doimiy
bo’lishiga olib keladi. Qushlarning tuzilishini o’rganish jarayonida ularning sudralib
yuruvchilarga o’xshash belgilari borligini ham ko’rish mumkin.
Sudralib yuruvchilarga o’xshash belgilari:
1.
Terisini yupqaligi va teri bezlarining deyarli yo’qligi;
2.
Har xil shox hosilalarining kuchli rivojlanganligi;
3.
Bosh suyagi bitta ensa o’simtaligi;
4.
Bo’g’imlarining intertarzal qo’shilishi;
5.
Kloakasining borligi va hokazolar.
Ikkinchi tomondan qushlarning uchishga moslanishi bilan ularda:
1.
Oldinigi oyoqlarining qanotga aylanganligi;
2.
Tanasining pat va parlar bilan qoplanganligi;
3.
Ko’pchilik qushlar suyaklarining pnevmatikligi
va yengil shoxsimon
moddali tishsiz tumshuqlarining borligi;
4.
Qanotlarni harakatlantiruvchi katta va kuchli rivojlangan ko’krak
muskullarini biriktiradigan ko’krak toj suyagining borligi;
5.
Ko’plab vazifalarni va ayniqsa qushlar uchganda nafas olishda muhim rol
o’ynaydigan havo xaltachalarining paydo bo’lganligi. Skeletining bir qator o’ziga
xos xususiyatlari borligi;
6.
Qushlarda siydik pufagining bo’lmasligi;
7.
G’ovak zich tanadan iborat o’pkasining maxsus bog’lamlar
yordamida
ko’krak qafasining orqa devoriga yopishganligi;
8.
Urg’ochi qushlar jinsiy sistemasi keskin asimmetrik tuzilgan (urg’ochi
qushlarning o’ng tuxumdoni va o’ng tuxum yo’li yo’q)ligidir.
Dostları ilə paylaş: