Qurilmaning elektromagniti (EM) elektr tarmog’iga K1 kalit yordamida ulanadi (rasmga qarang).
Shkivga ip o’raladi. Bunda elektromagnit yukni tutib qoladi. Yukning yuqori holati bilan vertikal ustunchaga o’rnatilgan pastki plastinka P oralig’i h o’lchanadi.
Elektrosekundomerning K2 va K3 knopkalari bir vaqtda bosib turiladi. Bunda yuk elektromagnitdan ajralib tusha boshlaydi. R yuk plastinka P ga kelib urilganda sekundomer elektr tarmoqdan uziladi va to’xtaydi. Sekundomerdan yukning h masofani o’tish uchun sarflagan t vaqti yozib olinadi.
Tajriba turli massali yuklar uchun takrorlanadi. Olingan qiymatlar SI sistemasida ifodalanib, (7) formulaga qo’yiladi va Oberbek mayatnigining inertsiya momenti hisoblab topiladi.
(11) formula yordamida topilgan qiymat bilan (7) formula yordamida hisoblangan inertsiya momentining o’rtacha qiymati solishtiriladi.