5.6 Yong’in xavfsizligi haqida umumiy malumot. Yongʻin sanoat korxonalari, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida yuz berib, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin boʻlgan hodisa hisoblanadi. Ular katta moddiy zarar keltirishi bilan birga ogʻir baxtsiz xadisalarga zaxarlanish, kuyish hamda kishilar halokatiga sabab boʻlishi mumkin.
Yongʻinga qarshi kurash ishlari davlat miqyosida amalga oshiriladi. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash, uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora tadbirlarini oldindan koʻrish, unga qarshi samarali kurash olib borish yongʻinni oʻchirishda qoʻllanadigan birlamchi vositalardan toʻgʻri foydalanishga qaratilgan.
Murakkab oksidlanish jarayonida yonuvchi moddalardagi bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi oqibatida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan holatga yonish deb tushuniladi.
Yongʻinga asosan uch omil: yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish jarayoni sabab boʻladi.
Yonish jarayoni, asosan, ikki xil boʻlishi mumkin.
Birinchidan, qattiq jismlar yonish jarayonida havo muhitidan ajralgan holda boʻladi. Bunday yonish havo xarorati natijasida yonish zonasini kislorod bilan taʼminlaganligi uchun diffuziyali yonish deyiladi. Uni yogʻoch, koʻmir va boshqa moddalar yonganda kuzatish mumkin.
Yonishning ikkinchi xili yonuvchi gazlar va suyuqliklarning parlari, yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan xolatdagi yonish boʻlib, u kinetik yonish deb yuritiladi, bunday yonish xajmli yonish jarayonida oʻtadi.
Yonish tezligi modda toʻyinganligiga, harakatiga bogʻliq boʻladi. Agar bunday yonish yopiq xajmlarda yoki idishlarda boʻlsa, portlash xodisasi roʻy beradi.
Yonish quyidagi turlarga boʻlinadi:
- yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib oʻchishi;
- qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi;
- uchqunlanish natijasida alangaga aylanish;
- organik moddalar ichida roʻy beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, yonuvchi aralashmaning tashqaridan qizdirishsiz oʻz-oʻzidan yonib ketishi;
- oʻz-oʻzidan alangalanish, oʻz-oʻzidan yonishning alanga bilan davom etishi;
- portlash-kimyoviy jarayonning bosim va quvvat hosil qilishi bilan oʻtishi.
Yonuvchi modda maʼlum xaroratda oʻzidan yonuvchi bugʻ ajratishi natijasida alangalanishni taʼminlasa, alangalanish harorati deyiladi.
Baʼzi bir organik moddalar (torf, qipiq, paxta, koʻmir mahsulotlari) oʻz-oʻzidan yonib ketish xususiyatiga ega. Chunki bular gʻovak asosga ega boʻlganligi va oksidlanishi mumkin boʻlgan yuza juda katta boʻlganligi tufayli, ochiq joylarda maʼlum miqdorda yigʻilib, ob-havo oʻzgarishi, kislorod taʼsirida qizib, yonib ketadi. Buning asosiy sababi, organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va natijada issiqlik ajralib chiqadi. Bu xodisa organik moddalarning oʻz-oʻzidan qizish jarayoni deb ataladi.
Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining kislorod molekulalari bilan birikish xodisasi hisoblanadi. Oksidlanish reaksiyasi natijada odatda issiqlik ajralishi maʼlum sharoitda tezlashib ketishi mumkin. Mana shu tezlanish davri yonishga oʻtgan davrga toʻgʻri kelib, buni oʻz-oʻzidan alangalanish xodisasi deb yuritiladi.
Oʻz-oʻzidan alangalanish issiqlik tasirida yoki zanjirli reaksiya asosida yuz berishi mumkin. Issiqlik taʼsirida yonishda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan issiqlikdan katta boʻlgan taqdirdagina vujudga keladi.
Dizellarni tamirlash sexi uchun xarakterli boʻlgan yongʻinlar quyidagicha tasniflanadi:
- texnologik jarayonning buzilishi;
- mashina va apparatlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilmasa;
- himoya va tayyor mahsulotlarni saqlash qoidalarining buzilishi;
- mashina va apparatlarning aspiratsiya hamda changli havoni tozalash tizimlarining qoniqarsiz ishlashi;
- elektr uskunalarining notoʻgʻri oʻrnatilganligi va notoʻgʻri ishlatilishi;
- ishlab chiqarish sexlarida va korxona xududlarida oʻtirgan changlarni tozalash ishlari qoniqarsiz tashkil etilishi;
- ishlab chiqarish sexlarida va korxona hovlilarida alanga bilan bogʻliq ishlarni notoʻgʻri olib borish;
- oʻt oʻchirish va xabar berish vositalarining texnik jihatdan qoniqarsizligi;
- korxona ishchi va xizmatchilarining hamda koʻngilli oʻt oʻchirish komandalarining tayyorligi qoniqarsiz ekanligi.