Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
5. Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachilar etib:
ichimlik suvi ta’minoti obyektlari (ijtimoiy sheriklik loyihalari bundan mustasno) bo‘yicha — “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi, sohadagi ijtimoiy sheriklik loyihalari bo‘yicha — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;
ichki avtomobil yo‘llari (Toshkent shahri ko‘chalari bundan mustasno) bo‘yicha — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi, Toshkent shahri ko‘chalari bo‘yicha — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari bo‘yicha — tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlari hududiy filiallari;
ijtimoiy soha obyektlari va markazlashgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa obyektlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda vazirlik va idoralar huzuridagi buyurtmachi tashkilotlar belgilansin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Dasturlar doirasida ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasini yotqizish bilan bog‘liq ishlarni bajarish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarda 30 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi;
Dasturlar bilan qamrab olingan hududlardagi gaz iste’molchilariga elektron gaz hisoblagichlarini o‘rnatish hamda ushbu iste’molchilarni tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga ulash navbatsiz amalga oshiriladi.
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining talabnomalariga muvofiq:
Dasturlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari orqali “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan jami 1 trillion so‘mgacha mablag‘lar;
Dasturlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan joriy yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan bosqichma-bosqich 1 trillion so‘mgacha budjet ssudasi mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin;
b) mahalliy budjetlar mablag‘lari, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan qurilgan va davlat ixtiyoriga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni 2021-yilda — tegishli sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirsin, 2022-yildan — Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
2021-yil 15-aprelga qadar qishloq va mahallalarda yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturiga muvofiq obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin. Bunda, buyurtmachilar tomonidan loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra aniqlashga ruxsat berilsin;
Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmi va smeta qiymatlarining asossiz ravishda oshirib yuborilmasligi ustidan nazorat o‘rnatsin;
Dasturlarga kiritilgan qishloqlar va shahar mahallalarining bosh reja sxemalari va batafsil rejalashtirish loyihalari hududiy loyiha tashkilotlari tomonidan oldindan ishlab chiqilishini va ular bilan bog‘liq tadbirlarning tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;
joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarni, mahalla binolari va guzarlarini ta’mirlash, piyoda yo‘laklarini barpo etish, tungi yoritish uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, boshqa infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishga aholi va tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari, homiylik va xayriya mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘lar jalb qilish choralarini ko‘rsin;
har oy yakuni bilan “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligiga Dasturlar doirasida bajarilgan ishlar va moliyalashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha axborot kiritib borsin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (Q.X. Taparov):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturlar doirasidagi loyihalarning hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan, shuningdek, xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlasin. Bunda, qishloq va mahallalarning yo‘nalishlari va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan 3 trillion so‘mgacha mablag‘ hududlardagi infratuzilma loyihalarini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltirilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tegishli yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi bilan bir vaqtda va uyg‘unlashgan holda shakllantirsin hamda ularni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 20-aprelga qadar tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan kelgusi yil uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritiladigan qishloq va mahallalar ro‘yxatini, shuningdek, ularda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlarini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritish choralarini ko‘rsin.
9. Energetika vazirligi (A.S. Sultonov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda uch oy muddatda past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish uchun xorijiy kredit mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
10. Transport vazirligi (I.R. Mahkamov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A.A. Abduvaliyev) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.H. Qo‘ldoshev), Davlat geologiya qo‘mitasi (B.F. Islamov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (A.I. Maksudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda yo‘l qurilishi bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish, shu jumladan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalarni arzon qum-shag‘al xomashyosi bilan ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) ikki hafta muddatda Dasturlar doirasida tanlab olingan qishloq va mahallalarda davlat xizmatlari markazlari filiallarini tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlasin.
12. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) Dasturlar doirasida obyektlarni qurish-ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
13. “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov) muntazam ravishda hududlarga chiqib, Dasturlar ijrosini tahlil qilsin va har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
14. Bosh prokuratura (A.Y. Mavlonov), Hisob palatasi (B.T. Turabov) yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsin va har oy yakuni bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
Mamlakatimizning boy va qadimiy tarixidan ma’lumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va an’analardan hisoblanadi. Mazkur qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga da’vat etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Har kim o‘zi yashaydigan uy, mahalla va qishloqni obodonlashtirishda hissasini qo‘shsa, yurtimiz obod bo‘ladi, obod yurtda yashaydigan odamlar kayfiyati yaxshi bo‘lishi ta’minlanadi.
Shu bilan birgalikda, mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan, ular uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Jumladan, so‘nggi yillarda paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda hissasi yuqori bo‘lgan dehqon-fermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy extiyojlari to‘liq ta’minlanmagan.
Bunday holat qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirmasdan, mamlakatimizni zamonaviy rivojlangan davlatga aylantirishga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahalla va xonadonlarga kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, mahalliy hokimliklar, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan shaharsozlik me’yor va qoidalariga amal qilmagan holda, bino-inshootlar va uy-joylarni tartibsiz va o‘zboshimchalik bilan qurish holatlariga chek qo‘yilmayapti. Qurilish ishlarining qishloq va mahalla darajasida kompleks yondashuvlar asosida olib borilmasligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasi eskicha ko‘rinishda qolmoqda.
Ikkinchidan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJning quyi tizim korxonalari tomonidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, transformator punktlarini ekspluatatsiya qilish qoniqarsiz ahvolda olib borilishi oqibatida zarur infratuzilmalar eskirgan va yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Uchinchidan, shaharsozlik me’yor va qoidalari hududlarning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilmaganligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, xususan, mazkur hududlarda avtomobil yo‘llari va yo‘l bo‘yi infratuzilmasi barpo etish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya tizimlarini barpo etish tartibsiz ravishda olib borilmoqda.
To‘rtinchidan, mahalliy byudjetlar va tarmoq tashkilotlari tomonidan qishloq aholi punktlarida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini kompleks tarzda amalga oshirish uchun moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan.
Beshinchidan, eng achinarlisi shuki, aholining ayrim qismlari shu ahvolga ko‘nikkan, boqimandalik kayfiyatiga berilib ketganligi oqibatida o‘zining uy-joylari, hovlisi va tomorqasini saqlashga e’tibor qaratmay qo‘ygan. Xalqimizning “qush inida ko‘rganini qiladi” degan naqlini esdan chiqarib, o‘z ostonasini osoyishta va saranjom qilmaslik farzandlarimiz va nevaralarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Oltinchidan, obodonlashtirish ishlariga faollar, keng jamoatchilik va fuqarolarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti va aniq bir tizimli samarali ishlar olib borilmayapti. Ayniqsa, mazkur ishlar sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar qo‘mitalari va Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘g‘inlari e’tiboridan chetda qolgan va bu borada qat’iy tashabbuskorlik va muvofiqlashtirish yetishmaydi.
Yettinchidan, hududlarda an’anaviy bo‘lib qolgan hasharlarni faqatgina “xo‘ja ko‘rsin” uchun bayram kunlariga yaqin sanalarda yuzaki o‘tkazish odat tusiga aylanib qolgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, joriy yilning 1 aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shaharida, avvalambor, olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududlarda 2018 yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi (keyingi o‘rinlarda dastur deb ataladi) amalga oshiriladi.
2. Quyidagilar dasturning ustuvor maqsadlari va xarajatlarning asosiy manbalari etib belgilansin:
birinchidan, respublika byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga aholini ishonchli tarzda ichimlik suvi bilan ta’minlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markazi bilan bog‘laydigan yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, lizing asosida qishloq va tuman markazi orasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish;
ikkinchidan, mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan qishloq ichki yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini barpo etish va ta’mirlash, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport to‘xtash bekatlarini qurish;
uchinchidan, xalqaro moliya institutlarining kreditlari hamda korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga elektr ta’minotini yaxshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va ko‘mir yoqilg‘isini uzluksiz yetkazib berish;
to‘rtinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlarni tubdan yaxshilashga e’tibor qaratish, bunda bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda tegishli xarajatlarning yarmini respublika byudjeti va maqsadli jamg‘armalar hamda qolgan qismini mahalliy byudjet va mahalliy homiylar hisobidan moliyalashtirish;
beshinchidan, bozor infratuzilmasi ob’ektlarini va servis shoxobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoxobchalarini tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan barpo etish;
oltinchidan, uy-joylarni ta’mirlashda xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta’minlash, bu jarayonda keng miqyosda hashar usullarini qo‘llash hisobiga hovli va atrof hududlarni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, oqova suv xandaklarini barpo etish hamda muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korxonalar mablag‘lari hisobidan uy qurib berish (ta’mirlash) va boshqalar.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida “Obod qishloq” jamg‘armalari tuzilsin.
Iqtisodiyot vazirligi Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda “Obod qishloq” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritsin.
Quyidagilar “Obod qishloq” dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
respublika byudjeti va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari;
mahalliy byudjet va uning qo‘shimcha mablag‘lari;
tarmoq korxonalarining mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablag‘lari;
“Mahalla” jamg‘armasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari;
hasharlar va xayriya tadbirlarini o‘tkazish hisobidan tushadigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining har yillik Davlat byudjeti, shu jumladan, mahalliy byudjetlar parametrlarini tasdiqlashda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun zarur miqdorda mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Bunda, dastur doirasida “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining, tashkilot va korxonalar o‘z mablag‘larining tegishli maqsadlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmon bilan “Obod qishloq” dasturining belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, barcha tashkiliy chora-tadbirlar izchilligi, loyihalarni moliyalashtirish manbalari, moddiy resurslar ta’minoti bilan uzviy va chambarchas bog‘langan 2018 yil uchun chora-tadbirlar rejasini o‘n kun muddatda ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
“Obod qishloq” dasturi doirasida markazlashgan manbalar va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlar bo‘yicha buyurtmachi etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin.
Barcha ob’ektlar bo‘yicha bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni eng maqbul takliflar tanlovi orqali aniqlashga ruxsat berilsin.
Mazkur tanlovlarni tashkil etish, jarayonlarni nazorat qilish va ularning samaradorligini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi B.Zakirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari va sektor rahbarlari dasturni amalga oshirish doirasida qamrab olinadigan joriy va kelgusi davrlarga mo‘ljallangan qishloq va mahallalarning manzilli ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun quyidagi qat’iy shartlar asosida shakllantirishni ta’minlasinlar:
har bir qishloq kesimida tuman (shahar) hududiy tashkilotlari bilan birgalikda mo‘ljallanayotgan keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tezkor maxsus shtablarni joriy etish, shu jumladan, ishlarni hashar va xo‘jalik usulida bajarishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, moliyalashtiriladigan qismi bo‘yicha mavjud barcha imkoniyatlarni jalb etish, shu jumladan, soliq yig‘uvchanligini oshirish va qo‘shimcha aniqlanadigan manbalardan mahalliy byudjet daromadini oshirish;
arxitektura, sanitariya va texnik talablar asosida shaxsiy mulk egalari o‘z uy-joyini saqlash, mavjud tomorqalardan unumli foydalanish, yer va mol-mulk soliqlarini hamda ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisob-kitob qilish va qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, hasharlarda fuqarolarning bevosita shaxsiy ishtirokini aks ettiruvchi jamoa shartnomalarini tuzish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi uy-joy, bino-inshootlar va tomorqa xo‘jaliklari mulkdorlari tomonidan amaldagi talab va qoidalar buzilishi va ularga rioya etmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy kodeksiga muvofiq tegishli choralar ko‘rsinlar.
7. Belgilab qo‘yilsinki, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan ob’ektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta’minlash maqsadida metall prokati, sement, noruda materiallari, g‘isht, temir-beton mahsulotlari, eshik, deraza romlari, lok-bo‘yoq, shifer va shu kabi boshqa asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018 yil 1 maydan boshlab “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zbekenergo” AJ tomonidan aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib beriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda sement, metall prokati, g‘isht, temir-beton buyumlari, eshik, deraza romlari, lok-bo‘yoq mahsulotlari kabi asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlarini yetkazib berish uchun firma do‘konlari tarmoqlarini tashkil etish choralarini ko‘rsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tegishli loyiha institutlari bilan birgalikda:
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini batafsil rejalashtirish loyihalari bilan birgalikda oldindan ishlab chiqishni;
2019 yil 1 yanvarga qadar qishloq aholi punktlari me’moriy qiyofasini yaxshilash tizimini takomillashtirish maqsadida shaharsozlik me’yor va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish, zarur hollarda yangi standart va mezonlarni ishlab chiqishni;
har bir ob’ekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlari bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida, ayniqsa, chekka va olis hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilish tavsiya etilsin.
Hozir islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotgani uchun hayotimizda har kuni qandaydir bir muhim o’zgarish, yangilik bo’layapti. Buni ko’pchilik o’z turmushida ham yaqqol his qilmoqda.
Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to’g’risida”gi Farmonini o’qib, bunday o’zgarishlar endi jadallashishiga qat’iy ishonch hosil qildik. Sababi, aksariyat sohalarni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ko’proq markazda, shahar va tumanlarda o’z samarasini ko’rsatib, yangilik quyi bo’g’inlarga tushguncha ancha vaqt o’tar, buni odamlar o’z hayotida sezishi uchun ko’p kutishiga to’g’ri kelardi.
Davlatimiz rahbarining mazkur Farmoniga ko’ra, endi eng chekka qishloqlar ham barcha infratuzilma yaratilgan go’shalarga aylanadi. Bunda har kim o’zi yashaydigan uy, mahalla va qishloqni obodonlashtirishda hissasini qo’shsa, yurtimiz yanada obod bo’ladi, obod yurtda yashaydigan odamlar kayfiyati yaxshi bo’lishi ta’minlanadi, degan qarash ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Nazarimizda, ushbu muhim qadam bejiz tashlangani yo’q. Farmonda qayd etilganidek, mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan, ular uchun zarur sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga etarlicha e’tibor qaratilmagan. So’nggi yillarda paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda hissasi yuqori bo’lgan dehqon-fermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy ehtiyojlari to’liq ta’minlanmagan. Bunday holat qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirmasdan, mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatga aylantirishga to’siq bo’layotgani ro’yirost aytildi.
Davlatimiz rahbari kunda-kunora yurtimiz hududlariga tashrif buyurib, xonadonma-xonadon yuribdi. Qishloqlarda yashayotgan odamlarning yashash sharoiti, haqiqiy ahvolini o’z ko’zi bilan ko’rib, muammolarga ochiq yuz bilan boqmoqda. Xalqimiz bilan muloqotlarning samarasi esa ana shu Farmonda yaqqol namoyon bo’ldi.
Endi mazkur Farmon bilan joriy yilning 1 aprelidan boshlab yurtimizning har bir tumani va shaharida, avvalambor, olis va tabiiy iqlim sharoiti og’ir hududlarda 2018 yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o’zgarishlarni ta’minlashga, mazkur hududlar qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o’rinlarini yaratish choralari ko’rilishi belgilandi. Respublika byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalaridan ajratiladigan mablag’lar hisobiga aholi ishonchli tarzda ichimlik suv bilan ta’minlanadi. Qishloqlarni tuman markazi bilan bog’laydigan yo’llar quriladi, rekonstruktsiya qilinib, ta’mirlanadi. Lizing asosida qishloq va tuman markazi orasida avtobus qatnovi yo’lga qo’yiladi. Mahalliy byudjetlar mablag’lari hisobidan qishloq ichki yo’llari va piyodalar yo’laklari barpo etilib, ta’mirlanadi. Yo’lbo’ylari obodonlashtirilib, ko’kalamzorlashtiriladi. Sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlari barpo qilinadi, avtobekatlar quriladi. Umuman, elektr ta’minoti, aloqa tizimi, aholiga suyultirilgan gaz va ko’mir yoqilg’isini uzluksiz etkazib berish masalalari hal etiladi. Bog’cha, maktab va oilaviy poliklinikalar quriladi. Bozor infratuzilmasi ob’ektlari, servis shoxobchalari, hammomlar barpo qilinadi.
Prezidentimiz yaqinda Jizzax viloyatida bo’ldi. Tashrifning asosiy voqealari Do’stlik tumanidagi Manas qishlog’ida kechdi, desak, mubolag’a emas. Chunki Manas qishlog’i mamlakatimizda “Obod qishloq” dasturini tatbiq etishda poydevor, ta’bir joiz bo’lsa, namuna sifatida tarixda qoldi. 6,5 mingdan ziyod aholi yashagan mazkur qishloqda keyingi yillarda infratuzilma inshootlari, ko’cha va yo’llar, ichimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi ta’minoti, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish talabga javob bermasligi natijasida odamlar qiynalayotgan edi. Davlatimiz rahbari e’tibori bilan “Obod qishloq” dasturi asosida hududda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Dastur doirasida sizot suvlari sathi ko’tarilishini bartaraf etish uchun 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tozalandi. Uy-joylar atrofidagi rejasiz qurilishlar o’rnida yangidan yordamchi binolar, tandirxonalar qurildi. Mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv quvuri yotqizildi. Suv tarqatish inshootlari ta’mirdan chiqarildi. 2 umumta’lim maktabi ta’mirlanib, qayta jihozlandi. Ushbu maktablarda o’quv-ishlab chiqarish ustaxonasi barpo etilib, duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik dastgohlari bilan ta’minlandi.
Manasliklarning bugungi va kelajak hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan mazkur ezgu ishlarga davlat va jamoat tashkilotlari, yirik ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar, aholi vakillarining kuch hamda imkoniyatlari safarbar qilindi, milliy an’analarimizning yorqin namunasi bo’lgan turli xayriya tadbirlari, xalq hasharlari tashkil etildi.
Endi bir dalilga e’tibor qaratsak. “Obod qishloq” dasturi doirasida 2018 yilda mamlakatimizning 174 ta tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini xuddi Manas kabi kompleks ravishda yangilash, go’zal va obod maskanga aylantirish ko’zda tutilmoqda. Joriy yilning o’zida dastur doirasida belgilangan ishlarga barcha manba hisobidan 3 trillion 40 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltiriladi. Qisqacha aytganda, “Obod qishloq” dasturi yurtimiz qishloqlarini shaharlardan qolishmaydigan manzilga aylantirishda muhim o’rin tutadi. Agar bu ishlar to’la-to’kis amalga oshirilsa, qishloqlarimiz, xuddi biz jizzaxliklar Manasning bugungi jamolini ko’rib, uni tanimay qolganday, g’oyatda o’zgarib -ketishi aniq.
FOYDALANILGAN MANBAALAR:
https://lex.uz/ru/docs/-5352583
https://xs.uz/uz/post/obod-qishloq-dasturi-odamlarimizda-dakhldorlik-tujgusini-mustahkamlajdi
Xalq so’zi gazetasi
Dostları ilə paylaş: |