Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
ko‘chatlar bilan amalga oshiriladi. Guruh (jadval)—yagona butun deb qabul qilinadigan o'simliklar to'plami bo'lib, uni darhol ko‘z bilan ko'rish mumkin. Kattaligiga ko‘ra guruhlar kichik (2 —3 ta), o ‘rtacha (4 —7 ta) va katta (8 —16 ta) guruhlarga bo'linadi. Oddiy guruhlar ham bir turdagi, ham turli xil daraxtlar yoki butalardan tashkil topadi. Murakkab guruhlar daraxtlar va butalardan tashkil topadi. Murakkab guruhlar va turli ko‘rinishdagi guruhlar balandligi yoki tepa qismining shakliga ko'ra farq qiluvchi o ‘simliklardan tanlab olinadi. Guruhlar tepasi zicl' joylashgan daraxtlardan (jo‘ka, dala shumtoli va b.) va (glidechiya, safara va b.) tuzilgan nozik guruh boMishi mumkin. Guruhdagi o'simliklarning to'g'ri qo'shilishi uchun daraxt tepasining shakli, shoxlar shakli, barg yozilishi, ekologik va dekorativ munosabatda bir-biri biUin moslashishi hisobga olinadi Turli ko'rinislidagi 165
butalar, guruhlarni tuzishda bir vaqtda gullaydigan butalar yoki vegetatsion davrning turli vaqtlarida gullaydigan butalar tanlab olinadi. Guruhdagi daraxtlar orasidagi masofa odatda 3 —4 m ni tashkil etadi. Bu masofani ikki marta kamaytirish mumkin (tez samara olish uchun), keyinchalik siyraklantirish sharti bilan. Guruhdagi butalar orasidagi masofa ulaming o'lchamiga bog'liq holda 0 ,5 —1,5 m bo'ladi. Aralash daraxt — buta guruhida daraxtlar va butalar orasida 1—3 m oraliq qoldiriladi. O ‘rmon massivlari va daraxlzorlar Massivlar bir necha o'n gektar maydonni, daraxtzorlar esa 0,2 ga va undan ortiq maydonni egallaydi. Ular ignabargli va boshqa