bo'lib rivojlanuvchi daraxtlar va butalar o'tqazish. O'zbekistonda to ‘siqlar uchun oddiy biryuchina, qizil svidina, Pissero olxo'risi, oddiy shamshod (samshit), sharq' biotasi va bosliqaiar keng foydalaniladi. Shakllanish usuliga ko'ra yashil to ‘siqlar erkin o'suvchi, shakl berilgan (qirqilgan) va shpaler turlariga bo'linadi. Shakllangan to'siqlarning ko‘ndalang kesimi shakli to'g'ri burchakli (asosan soyaga chidamli turlari), trapetsiyasimon va yarimoval (asosan yorug'likni yaxshi ko'ruvchi turlari) bo'ladi. Shpalerli yashil to ‘siqlar uchun maxsus karkas qilinadi, unga o'zaro to‘qilgan ayrim namunalaming shoxlari mahkamlanadi. Yashil to'siqlar bir qatorli, ikki qatorli, kamroq uch qatorli qilib ekiladi. Jonli to'siqlarning o'lchamlari juda past (bordurlar), past, o'rtacha va baland turlarga bo'linadi. Jonli to'siqlarning o ‘lchamlari balandligi, qatorlar soni, shakllanish usuliga bog'liq holda 2-jadvalda keltirilgan. Jonli to'siqlar turli balandlikda joylashgan bir jinsli, kamroq ikki jinsli ko'chatlardan tashkil etiladi. O'tkaziladigan materialning xususiyatlariga bog'liq holda ular yumshoq (tikansiz) va tikanli turlaiga bo'linadi. 168
Bosketlar — yashil to'siqlar yoki jonli devorlar bilan ajratilgan geometrik shakldagi berk maydon bo‘lib, ichida faworalar, gulzorlar joylashadi. Shuningdek, geometrik shakldagi uchastkalar ko'rinishidagi shaklga keltirilgan ko‘p qatorli zich daraxtlami (sakkiz yoki undan ortiq qator) ham bosket deb ataladi. Jonli to'siqlarning konstruktiv o ‘lchovlari _______ ___________________ ________________ 4.4-jadval