Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
ko'p yillik, ochiq tuproqda qishlovchi va qishlamaydigan, gilamsimon o'simliklar. Qishlovchi gilamsimon o'simliklar klumbani bahoi^gi bezash uchun ham yaroqlidir. Klumbalar markazida yelpig'ichsimon palmalar, agovalarni o'tqazish mumkin, ular qishda oranjereyaga ko'chiriladi. Gulli o'simliklarni ekishdan tashqari, klumbalami bezashda atirgul, maysa o'tlardan foydalaniladi. Klumbaning to'sig'i bersklet, shamshod, biruchina va boshqalardan; g'ishtdan, tabiiy toshdan, betondan bordyur ko'rinishida (eni 10—15 sm) bo'lishi mumkin. Rabatkalar — to'g'ri to'rtburchakli cho'zilgan shakldagi uchastkalar, unda bo‘yi enidan uch va undan ortiq marta katta bo'ladi (1-jadval). Rabatkaning eni 0 ,5 —3 m, ko'pincha 1 — 1,5 m bo'ladi. Saqlanish muddati, o'tqaziladigan material turi, bezatilishi, to'silishiga ko'ra rabatkalar xiyobonning yonlari bo'ylar, bino yoniga (bir tomonlama) yoki xiyobonning o'rtasiga (ikki tomonlama rabatkalar) joylashtiriladi. Bir tomonlama rabatkalarda baland o'simliklar orqaroqda, pastroqlari oldinroqda joylashtiriladi, ikki tomonlama rabatkalarda esa baland o'simliklar rabatkaning o'rtasini egallaydi. Miksborderlar — (aralash rabatkalar) bir-biriga ulanib ketuvchi va asosan ko'p yilliklardan tuzilgan, to'g'ri va noto'g'ri shaklda tuzilgan turli guruhdagi o'simliklardan tashkil topgan keng