hududini tejash maqsadida 25—100 o'rinli yer osti garajlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday inshootlami loyihalashJa mavjud maydondagi qurilishning xususiyatlarini, ko'kalamzor- lashtirish, relyef, yer osti injenerlik tarmoqlari va gidrogeologik sharoitlarni inobatga olish zarurdir. B a’zi hollarda, yer osti sharoitidan kelib chiqqan holda 2 —3 qavatli yer osti garajlarini loyihalash mumkin. Yer osti garajlari ko'p qavatli yer usti garajlariga nisbatan qurilish bir .qancha qimmat bo'lishiga qaramy, u o'ziga xos afzalliklarga ega. bu aw alom bor shahar maydonlaridan samarali foydalanish bo'lib, qolavtrsa, turaijoy tumanlarining normal hayotiga hech qanday xalaqn bermaydi va aholi uchun ham qulaydir. Yangi qurilayotgan turarjoy tumanlarida, garajlami binolarning pastki qavatlarida, yerto'Ia qavatlarida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. 124
3.29-rasm. Yo'lovchilar zonasi transportdan himoya qilingan holda magistral ko'chalar tomondan avtostoyankalami joylashtirish sxemasi: 1—qurilish mumkin bo'lgan zona; 2—yo'lovchilar uchun ajratilgan zona; 3—avtostoyankalar zonasi R; 4 —yashil polosa; 5—jamoat transporti bekatlari; 6—turli sathdagi piyodalar kesishmasi. Ichki yo'llarda transport vositalari qatnovini kamaytirish maqsadida, ochiq avtomobillar saqlash joylari va garajlarni mikrorayonga kirish qismlarida joylashtirish ko‘zda tutiladi. Garajlardan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar magistrallariga chiqishga yoki ulardan kirishga ruxsat etilmaydi. Garajlar va ochiq avtomobillar saqlash joylari turaijoy va