3 minggacha, 1 mingdan ortiq va 2 minggacha) va kichik (2 mingdan 1 minggacha) turaijoy maskanlarga bo'linadi. O'simliklar aholi turarjoylarida ko'p xildagi vazifalarni bajarishi uchun (mikroiqlimga oid, sanitariya-gigienik, shovqin yutuvchi, m e’moriy-rejalashtiruvchi va h.k.) ular o ‘simliklaming aholi punktida nisbatan bir tekis joylashuvini, shahar va shahardan tashqari hududlar orasidagi o ‘zaro aloqani, shahar (qishloq) landshaftini butunicha shakllantirish bo'yicha tadbirlar majmuiga maysazorlami kiritishni ta’minlovchi yagona tizimni tashkil etishlari kerak. Aholi turarjoylarini ko‘kalamzorlashtirish tizimini shakllantirishda tuproq, ob-havo sharoitlari, joy relyefi, mavjud o'simliklar, aholi turaijoylarining rejadagi strukturasi va bir qato. boshqa xususiyatlar hisobga olinadi. Ko'kalamzorlar ayrim turlarining tarkibi quyidagilarga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin: 1. Aholi punktining o'lchamiga (kichik shaharlarda va posyolkalarda tuman parklari, botanika bog'lari, zooparklarni tashkil etishning zaruriyati yo'q). 2. Funksional zonalashga (agar shaharda sanoat korxonalari bo'lmasa, u holda shahar ichida himoya qilish zonasini yaratish- ning zaruriyati yo'q). 3. Tabiiy sharoitlarga (qum yoki qor ko'chkilari, kuchli shamollar bo'lishi mumkin bo'lgan zonada joylashgan aholi punkti bu noqulay sharoitlarga qarshi) bu aholi punktidan tashqarida himoya qiluvchi yashil hududga muhtoj. Aholi turarjoylarini ko'kalamzorlashtirish tizimini yaratish murakkab rejalashtiruvchi masala bo'lib, uni hal etish uchun o'tkaziladigan ekinlar tasnifini,