Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
etilmaydi. faqat neyiral ranglar bilan birga qo'llanish lavsiya etiladi. e) farqli - bir rangdagi turli xil tuslaming qo'shilishi. Buyumning kattaligi, shaklining o'zgarishi chiziqli persperktiva deyiladi, rangning o'zgarishi esa — havoli persperktiva deyiladi. Chiziqli persperktivaga quyidagilar misol bo'ladi: agai xiyobonning oxiri boshlanishiga qaraganda tor bo'lsa yoki oxiriga ancha mayda daraxtlar ekilgan bo'lsa, u holda xiyobon uzunroq ko'rinadi. Agar xiyobon oxiri tomonga qarab kengayib borsa yoki oxiriga boshlang'ich qismiga qaraganda yirikroq daraxllar o'tqazilgan bo'lsa, xiyobon qisqa bo'lib ko-'rinadi. Agar ko'lning qarama-qarshi tomonidagi daraxtlar ancha past bo'lsa, u holda kol katta bo'lib ko'rinadi, agar qarama-qarshi tomonida ancha baland daraxtlar osayotgan bo'lsa, u holda ko'l kichkina bo'lib ko'rinadi. Agar ochiq maydonga yuqoridan qaralsa, u kichikroq bo'lib luyuladi. Agar tepalikning ko'rinma balandligini ortirish kerak bo'lsa. u holda tepalikka yuqori qismi piramidasimon shakldagi daraxtlar o'tqazilib, ularning balandligi yuqoridan pastga qarab kamaytirib boriladi. Har bir buyum uning ikki yoki uch barobar balandligiga teng masofada yaxshi ko'rinadi. Havoli perspektivaga misollar — katta masofa rangning o'zgarishi; sariq zangoriga yaqin rangga, to‘q sariqning qoramtir — qizilga, qizilning binafshaga, ko'kning ko'kish — kulrangga, zangorining ko'kish — havorangga o'zgarishi. Qora rang uzoqdan ancha och ko'rinadi, oq rang esa sarg'ish rang bo'lib ko'rinadi. Kompozitsiya markazi. Proporsionallik. Masshtablilik