INDIVIDUAL TECHNOLOGY OF EDUCATION IN
TECHNOLOGY EDUCATION
Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich,
Associate Professor of Technological Education, Termez State
University, Doctor of Pedagogical Sciences (DSc)
Annotation. The article deals with the issue of sending students to work
and choose a profession using elements of Uzbek national crafts in school
technology education in a logical sequence through the conference lesson.
Keywords: school, teacher, student, youth, education, upbringing,
technology, active learning, programmed learning, computerized learning,
conference lesson, profession, market, business, affectivity, entrepreneurship,
efficiency.
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
134
Education and innovative research 2022 y. №8
Yoshlarni o‘qitish, ularga ta’lim-tarbiya berish, kelajak uchun munosib
kadrlar qilib tarbiyalash doimo har bir davlatning birinchi navbatdagi
vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Xuddi shuningdek, bizning mamlakatimizda
ham bunday ishlar davlatimiz rahbarlarining doimiy ravishda diqqat
markazida turibdi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi
va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil ravishda amalga oshirilayotgan
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi respublikamizda rivojlanish taraqqiyotning
yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari bugungi
kunda hayotimizning barcha sohalarida, eng muhimi, xalqimizning ong-u
tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi – Ijtimoiy sohani rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta’lim tizimini takomillashtirish
masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan [1].
Davlatimiz rahbari har bir viloyatga tashrifi doirasida o‘tkazilgan
yig‘ilishlarda, turli uchrashuvlarda so‘zlagan nutqi va suhbatlarida barkamol
avlodni tarbiyalash, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashash
masalalariga kun tartibidagi dolzarb masala sifatida qarash zarurligini
ta’kidlab kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Agar farzandlarimizga
to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada ularning yurish-turishi,
kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o‘rgatmasak,
munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap
emas” [2].
Maktab texnologiya ta’limida ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan
texnologiyasining asosini shaxsiyatli yondashuv tashkil etadi. Shaxsiyatli
yondashuv – pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z tarbiyasi va rivojlanishiga
ongli yondashadigan shaxs sifatida qarashini ifodalovchi yondashuvdir.
Binobarin, ta’lim jarayonini shaxs rivojlanishiga yo‘naltirish – ta’lim-tarbiya
ishlarining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Maktab texnologiya ta’limida ta’lim jarayonini shaxs rivojlanishiga
yo‘naltirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– ta’lim olish, katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash qobiliyat-larini
rivojlantirish;
– turli vaziyatlarda optimal harakat qilish qobiliyatini, mutaxassisning
inqiroz sharoitida samarali harakat qilish malakasini rivojlantirish;
– ta’lim jarayonida obyektlarning avtoritar faoliyatidan gumanitar-
kommunikativ o‘zaro faoliyatiga o‘tishi;
– faol ta’lim usullarni keng qo‘llash, ya’ni treninglar, dasturlashtirilgan,
kompyuterlashtirilgan ta’lim, o‘quv guruhiy munozara, keys-stadi, rolli va
ishbilarmon o‘yinlari kabi usullardan foydalanish.
Bunday texnologiyalardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – ta’lim
jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga
olgan holda o‘qitishdan iborat.
O‘quvchi-yoshlarni mehnatga va kasb tanlashga yo‘llashda texnologiya
|