Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
137
http://interscience.uz
zararli gazlar ko‘payib, inson salomatligiga zarar yetkazadi. Ana shu
zararning oldini olish uchun xazonlarni uyimizdagi xonaki uy hayvonlariga
yemish sifatida yig‘ishtirib berish kerak. Shundagina tabiatni muhofaza
qilishga hissa qo‘shgan va yangi daraxt nihollarining unib o‘sishiga yordam
bergan bo‘lamiz.
Boshlovchi: Endi, navbatni yosh duradgorlarga beramiz, marhamat!
1-duradgor. Duradgorlik kasbi juda qadimiy kasblardan biriga hisoblanadi.
Odamlarning paydo bo‘lishi bilan yog‘ochlarga ishlov berish boshlagan.
Odamlar o‘zlariga turli xil mehnat va ov qurollari yasagan, ehtiyojlari
uchun zarur bo‘lgan buyumlarni tayyorlay boshlagan. Qaysi sohani olmay,
duradgorlik ishlari mavjud. Shuning uchun bu kasb juda faxrli hisoblanadi.
2-duradgor. Yog‘och materiallari bizning faoliyatimizda asosiy xom ashyo
hisoblanadi. Tabiatdagi daraxtlarni kesib, turli xil arralardan o‘tkazib, taxta
va brus shaklidagi materiallar tayyorlanadi. Daraxtlar, asosan, ko‘ndalang
va bo‘ylamasiga arralab kesiladi. Kesishda butoq, yoriq, daraxt o‘zagi kabi
turli xil nuqsonlar hisobga olinadi. Yog‘och materiallari ikki xil xususiyatga
ega: 1. Fizikaviy xususiyati – rangi, tovlanishi, zichligi, elektr, issiqlik
o‘tkazuvchanligi, hidi. 2. Mexanik xusustyati – mustahkamligi, yumshoqligi,
qattiqligi, egiluv-chanligi, singdiruvchanligi, qayishqoqligi va h.k
3- va 4-duradgor. Beshik tayyorlash jarayonida yog‘ochga ishlov berish
ishlarini amalga oshiradi: 1. Beshik gardishini suv ichiga solib, egish
ishlarini olib boradilar. 2. Ostki taxtalarini tayyorlaydilar. 3. Gardishlar
orasiga o‘rnatiladigan dastani TSD-120 yog‘ochga ishlov berish stanogida
tayyorlanishi ko‘rsatiladi. 4. Qismlar biriktirilishi namoyish etiladi
(yuqoridagi shu ishlarni amalga oshirish uchun duradgorlar oldida tayyor va
yarim tayyor qismlar hamda bitgan beshik bo‘ladi).
Boshlovchi: Mana, biz yuqorida yosh o‘lkashunos va duradgorlarning
fikrlari, ishlari bilan tanishdik. Endi, navbatni yosh tadbirkorlarga bersak.
Ular o‘zlarining tajribalaridan, bozorning sir-asrorlaridan so‘zlab beradilar.
Marhamat!
1-tadbirkor. Hozirgi davrda tadbirkorlik faoliyati har bir sohaga kirib
kelmoqda. Bizning tadbirkorlik kasbi ham duradgorlik kasbi singari
ommaviylashmoqda. Inson yaralibdiki, hayotning har bir kunida bir necha
marta savdo-sotiq va mol ayriboshlash, iqtisod bilan bog‘liq masalalarga,
muammolarga duch keladi. Tadbirkorlik nima? Tadbirkorlik ishlab chiqarishni
tashkil qilish, yo‘lga qo‘yish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sota bilish,
sotilgandan so‘ng tushgan pulgni joy-joyiga sarflay bilishdir. Tadbirkor bu
ishlab chiqarish va tijoratning barcha zarur omillarini boylik yaratish uchun
foydalanadigan odamdir. Bu ancha keng ta’rifga yaratuvchanlikning ko‘pgina
sohalari bilan shug‘ullanuvchi odamlar to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlarga
qo‘yiladigan talablar moddiy boyliklar yaratuvchi boshqa odamlarga
qo‘yiladigan talablarga qaraganda ancha kengdir. Masalan, siz duradgorsiz
deylik. Siz yashik, beshik, deraza va boshqa anjomlar yasashga ustasi farang
bo‘lishingiz mumkin. Lekin, agar siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni
boshlasangiz bu anjomlarning ishlab chiqarishdan tashqari: oldi-sotti,
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
138
Education and innovative research 2022 y. №8
marketing, boshqarish, hisob-kitob, moliyalashtirish, kadrlar ishi bilan
shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik nimadan boshlanadi? Zamonaviy sharoitda tadbirkor-likning
barcha turlari avj olmoqda. Ko‘pgina korxonalarning xususiy-lashtirilishi
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yirik davlat korxonalari o‘rniga kichik, chaqqon,
har qanday sharoitga tez moslasha oladigan xususiy korxonalar paydo bo‘la
boshladi.
2-tadbirkor. Duradgorlik buyumlarni tayyorlash uchun qancha xom
ashyo ketishini, ularga ketgan sarf-harajatni, olinadigan foyda hisoblarini
aniqlaymiz. Buyumlarga tannarx asosida sotish uchun baho belgilaymiz.
Albatta, baho belgilash bozorni o‘rganish, undagi talab va takliflar natijasida
amalga oshiriladi. Masalan: beshik tayyorlash uchun o‘lkashunoslar
sanab, ko‘rsatib o‘tgan mahalliy tol, terak daraxtlaridan olingan yog‘och
materiallaridan foydalanishimiz mumkin. Yohoch materiallarini juda
tejamkorlik bilan ishlatishimiz kerak. Iqtisod bilan ish yuritishimiz esa kishi
halol mehnati evaziga daromad olishi va uni aql-idrok, tejamkorlik bilan
zaruriy joylarga ishlatishdir. Isrof-iqtisod va tejamkorlikning aksi bo‘lib,
o‘rinsiz, foydasiz va hayrsiz ishlarga pul va mol sarf qilishdir. “Sen agar isrof
etishni tashlading, ul zamon davlat etagini ushlading”, – deb bejiz aytilmagan.
3-tadbirkor (savdo rastasi oldida turib sotuvchilik kasbi haqida gapirib
beradi). Savdo sohasida to‘g‘rilik va halollik bilan ish ko‘rish talab qilinadi.
Savdoda sotuvchiga xos shirinso‘zlik, xushmuomalalik, hozir javoblik,
istarasi issiqlik, so‘zamollik kabi umuminsoniy xislatlar mujassam bo‘lishi
kerak.
Boshlovchi: Mana, hurmatli anjuman qatnashchilari, yuqoridagi kasb
egalarining fikr-mulohazalari va tajribalari bilan tanishdik. Yog‘ochlarni
ishlashda nimalarga e’tibor berish, ularni qanday tejab ishlatish kerakligini
bilib oldik. Yuqoridagi uchala kasb ham bir-biriga juda bog‘liq ekan.
O‘lkashunos duradgorsiz, duradgor tadbirkorsiz o‘z faoliyatini yurita
olmasligining guvohi bo‘ldik.
Shu tarzda darsda aytilgan fikrlar umumlashtiriladi. Kasblarning ajralmas
uzviy aloqadorligi ularning faoliyati misolida ko‘rsatib beriladi. Mehnat
ta’limiga oid mashg‘ulotlardan konferensiya tarzidagi darsni tashkil etish va
o‘tkazish jarayonida quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish mumkin:
1. O‘quvchilarning “Texnologiya” faniga oid nazariy va amaliy bilimlarni
mustahkamlash.
2. Kasblar xususiyatini fikrlay bilishga o‘rgatish orqali ularni turli
kasblarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish.
3. Predmetlararo aloqalarni uzviy bog’lash.
4. Unumli mehnat qilib, yuqori samaradorlikka erishishga o‘rgatish.
5. Ekologik, iqtisodiy tarbiya berish.
6. Mulohaza yuritish, fikrlash, xulosa chiqara olish malakalarini hosil
qilishga o‘rgatish.
7. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.
8. O‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining cheksizligiga, o‘z
|