Javada o’zgaruvchilar(data member) O’zgaruvchilar – obyektlarimizni o’zgaruvchi sifatida ham qarashimiz mumkin bunda uning qiymatlari o’zgarishi mumkin. Masalan Inson classimizda insonning yurish tezligi o’zgaradi bunda uning tezligi qandaydir sonlarda o’zgaradi masalan yur() metodidan yugur() metodiga o’tganda yoki to’xta() metodiga o’tganda uning tezligi o’zgaradi. Shu va shunga o’xshash obyektlar o’zgaruvchilar deb yuritiladi.
Source code
publicclass Inson{
int tezlik=0;
publicvoid yur(){
tezlik=5;
}
publicvoid yugur(){
tezlik=15;
}
publicvoid yur(){
tezlik=0;
}
}
“instance variable” – o’zgaruvchi namuna olish kompilyatsiya vaqtida xotiradan joy olmaydi. O’zgaruvchilarimizni obyekt sifatida qaraganimizda runtime (dastur ish payti) paytida tezkor xotiradan joy oladi.
Javada funksiyalar (Method) Funksiyalar – obyektimiz nimalar qila olishini izohlaydi, masalan, Inson haqida yozgan qoralamamizda insonni yura olishi va boshqa harakatlarini keltirganmiz. Aynan ana o’sha qila oladigan ishlarini Metodlar orqali ifodalaymiz. Masalan quyida yur() metodi keltirilgan.