Obyekt va klass’ga misol Bu misolda student klassidan ikkita obyekt yaratildi va insertRecord funnksiyasi orqali boshlang’ich qiymatlarni o’zlashtirildi. displayInformation funksiyasidan foydalanib ekranda qimatlarni chop etiladi.
Ekranda :
111 Karan
222 Aryan
Meros olish (Inheritance) Ma’lum obyekt asosida boshqa obyektni yaratish jarayoniga aytiladi. Bunda obyektning barcha hususiyatlarini meros qilib oladi ya’ni private(shaxsiy) bo’lmagan o’zgaruvchilari funksiyalari konstantalarini bemalol foydalanish. Meros olishdan dastur ishchi vaqtida Ko’p formalikdan foydalaniladi.
Ko’p formalik (Polymorphism) OOPning uchinchi ustuni. Yuqorida berilgan ustunlar bilan doim birga yuradi. Ma’lum obyekt asosida boshqa obyektni yaratish jarayoniga aytiladi. Bir klassning boshqa klassdan meros olishi yordamida amalga oshiriladi. Meros olingan obyekt ota obyektdagi xususiyatlarni tanlovga ko’ra meros oladi. Masalan, avtoulov bu ota obyekt. Bu obyekt yordamida yengil mashina, yuk mashinasi, poyga mashinasi kabi boshqa obyektlarni yaratib olishimiz mumkin. Ota klassda bo’lgan 4 g’ildirak farzand klasslarda ham mavjud bo’ladi. Ya’ni poyga mashinasi, avtoulovdan g’ildiraklarni meros oladi.
Mavhumlik – Abtraksiya (Abstraction) Obyekt bu real jism. Abstraksiya esa ushbu jismni reallikdan uzoq deb tassavur qilib, u haqida fikr yuritishga aytiladi. Abstraksiyaga fikrlar to’plami sifatida ham qarasa bo’ladi.. misol uchun telefon jiringlasa, telefonga qo’ng’iroq bo’layotganini bilamiz lekin uning ichida nima jarayon bo’layotganini bilmaymiz.
Enkapsulyatsiya (Encapsulation) Ma’lumotlar va funksiyalarni bir komponent ichiga yig’ishga atyiladi. Buning uchun klasslardan foydalaniladi. Enkapsulatsiya tanlov asosida classning ba’zi hususiyatlarini foydalanuvchidan yashirish imkonini beradi. Bunga misol qilib, ustidan maxsus modda bilan o’ralgan dorilarni keltirsak bo’ladi.
manba: oddiy.blogspot.com, normatov.com ‘dan foydalanildi