Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari


Boshqa turdagi asosiy komp’yuterlar



Yüklə 220,66 Kb.
səhifə3/24
tarix25.12.2023
ölçüsü220,66 Kb.
#195802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
avtomatika vositasining rivojlanish tendensiyalari

Boshqa turdagi asosiy komp’yuterlar


Endi esa, EHM va SHEHM (personal komp`yuter) o`rtasidagi farqni aniqlab olsak. Hozirgi zamonda SHEHM (personal komp`yuter) dan tashqari boshqa turdagi EHMlardan ham ko`p foydalaniladi. Ular quyidagilar: katta EHMlar yoki maynfreymlar, Super-EHMlar, Mini-EHMlar, ishchi stantsiyalar atamasi ostida, personal komp`yuter quvvatiga teng yoki undan ham yuqori kuchga va imkoniyatga ega kichik EHMlar, personal komp`yuterlar.
O`zining taraqiyot darajasi, elementlar bazasi, xotirasi va tezligiga qarab EHMlar asosan besh avlodga bo`linadi.
Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasining asosini to`rtinchi avlod mashinalari tashkil etadi.
Birinchi avlod (1946—1955 yillar) EHMlarida elektron sxemalarning barcha zlementlari alohida detallar ko`rinishida tayyorlanar edi. Ular ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish mumkin bo`lgan vakuumli elektron lampalar edi. Bunday lampalarning bir nechtasi metall panel — shassi ustiga o`rnatilar, o`z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga joylashtirilardi. Ushbu shassining o`ziga sxemaning boshqa elementlari (rezistorlar, kondensatorlar va h.z.) ham mustahkamlab qo`yilar edi. EHMning o`zi esa elektron lampali shassilar bilan to`ldirilib tashlangan ko`p sondagi metall shkaflardan iborat ko`rinishga ega bo`lgan. Birinchi avlod mashinalari katta zallarni egallagan holda, yuzlab tonna og`irlikka ega bo`lib, yuzlab kVt elektr energiyasini sarflar va ularning tezligi sekundiga 10-20 ming arifmetik amalgacha edi. Bunday EHMlar jumlasiga MESM, BESM, Strela, Ural, Minsk-1 kabi va boshqalar.
Ikkinchi avlod (1955—1965 yillar o`rtalari) EHM tranzistorlarining ixtiro qilinishi tufayli paydo bo`ldi. Tranzistorlar o`lchamlarining radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar deb ataluvchi ko`rinishda tayyorlash imkonini berdi. Bunday platalarning bir tomoniga tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, qalaylangan ikkinchi tomoni sirtida sxema elementlarini bog`lovchi yupqa ko`rinishdagi metall o`tkazgichlar joylashgan plastmassa plastinka bor edi. Tranzistorlar va bosma platalardan foydalanish radiolampalarga nisbatan kamrok joy egallab, kamroq energiya sarflar va ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni ixchamroq, arzonroq va tejamliroq qiilishga imkon beradi. Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100 ming arifmetik amalgacha bo`lib, bunday EHMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib kelinayotgan SA501 modeli (AQSH, 1959), Stretch (Angliya), "Minsk-2", BESM-6 va h. k. kiradi.
Uchinchi avlod (1960 yillarning o`rtasi va 1970 yillar) EHMlarining asosini integral sxemalar tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida yaratilgan).
Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristallidan yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining yupqa qatlamini surtib qo`ygan holda tuzish mumkinligini ko`rsatdi. Elementlarni birdaniga plastinkaning ko`pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin.
Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko`p qatlamli moddalar ko`rinishidagi bunday sxema integral sxema nomini olgan. Bitta kristalli dastlabki integral sxemalarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi.
Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EHMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to`la foydalanib bo`lingani yo`q.
Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlanishi, o`lchamlarning ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod EHMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar qo`llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan to 1 mln. arifmetik amalgacha bo`lib, bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH, 1965) va ES oilasiga mansub bo`lgan ES-1022, ES-1035, ES-1060 va boshqalar kiradi.
To`rtinchi avlod (1970—1980 yillar) EHMlarida bir kremniy kristallida o`n minglab o`tkazgich elementlar bo`lgan katta integral sxemalar (BIS — Bol`shaya integral`naya sxema) qo`llaniladi. Bir kremniy kristallida butunlay joylashadigan EHM protsessorining yaratilishi XX asrning ajoyib yutug`i bo`ldi. Bunday bir kristalli protsessorlar mikroprotsessorlar degan nomni oldi. Natijada bitta platada EHM barcha qurilmalari elektron sxemalarini joylashtirish mumkin bo`lib, o`ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EHMning o`zi esa hajmi va narxi bo`yicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda qo`llashga imkon yaratib berdi. Natijada shaxsiy EHMlar, cho`ntak va stol mikro kal`kulyatorlari paydo bo`ldi. Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig`imi va boshqa xususiyatlari buyicha eng yuqori bo`lgan "Super EHM" mashinalari tayyorlash imkoniyati paydo bo`ldi. Bunday EHMlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda qimmat narxli, lekin bu mashinalar fan va texnikaning turli sohalarida tengi yo`qdir. Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan to bir necha million arifmetik amalga ega, ular jumlasiga hozirgi paytda ishlab chiqarishda keng qo`llanilayotgan Macintosh, Pentium va boshqalar kiradi.
Beshinchi avlod komp`yuterlari optik elementlar asosida yaratilgan bo`lib, ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan almashtiriladi. Natijada komp`yuterning tuzilishi ham tubdan o`zgaradi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblash emas (buni hozirgi EHMlar bajaradi), balki u axborotni kiritishda tahlil qilish usuli bilan fikrlanadigan axborotlarni ham bajarish imkoniyatiga ega, ya`ni komp`yuter bilan muloqot tabiiy tilda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, komp`yuterlar maxsus bilimga ham ega bo`lmog`i kerak. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod komp`yuterlarining ishlash printsipi inson tafakkurining faoliyatiga iloji boricha yaqinlashuvi lozim. Demak, ushbu avlod komp`yuterlarining operativ xotirasi sun`iy intellektda tasvirlanishi kerak.
Bundan ko`rinadiki, beshinchi avlod EHMlarini faqatgina bizga ma`lum bo`lgan hisoblash jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli sohalarida ham keng ko`lamda qo`llash mumkin bo`ladi. Ularning tezligi yorug`lik tezligiga yaqin bo`lib, bunday komp`yuterlar loyihasi ichida yapon loyihalari birinchi o`rinni egallaydi.

Yüklə 220,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin