Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari



Yüklə 220,66 Kb.
səhifə8/24
tarix25.12.2023
ölçüsü220,66 Kb.
#195802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
avtomatika vositasining rivojlanish tendensiyalari

Takt chastotasi. Birlik vaqt ichida protsessorning elementar operatsiyalar sonini takt chastotasi belgilaydi. Zamonaviy protsessorlarda takt chastotasi Mglarda (1Gts bir sekund davomida bir operatsiyani bajarishni bildiradi, 1MGts=106Gts) o`lchanadi.
Protsessorning takt chastotasi qancha ko`p bo`lsa, uning unumdorligi shuncha ko`p bo`ladi.
Birinchi mikroprotsessorlar 4.77Mgts chastotasida ishlagan bo`lsa, hozirgilarining ishchi chastotasi 2GGts dan(1GGts=103Mgts) oshadi.
Zamonaviy komp`yuter IBM PC personal komp`yuterlarining ba`zi bir xarakteristikalari 3-jadvalda berilgan.
Razryadlilik. Mikroprotsessorning razryadliligi, u bir takt davomida o`zining registrlarida nechta bit qabul qilishi va qayta ishlashi mumkinligini ko`rsatadi.
Mikroprotsessor razryadliligi komandali shina razryadliligi bilan belgilanadi, YA`ni shinadagi uzatuvchilar(provodniklar) soniga bog`liq, ulardan aslida komandalar uzatiladi. Zamonaviy Intel oilasiga mansub protsessorlar 32-razryadlidir.
Ishchi quvvati. Mikroprotsessor ishchi quvvatini sistemali(ona) plata ta`minlaydi. SHuning uchun turli markadagi protsessorlarga turli sistemali plata javob beradi. Protsessorlarning ishchi quvvati 3V dan oshmaydi.
Tub ko’paytirish koeffitsienti. Protsessorni kerakli chastotasiga etkazish uchun ona platasining chastotasini takt chastotasining ichki(tub) ko`paytirish koeffitsientiga ko`paytirish lozim. Protsessor takt signallarini ona platadan qabul qiladi. Ona plata fizik sabablardan protsessorga o`xshab ishlay olmadi, ularning takt chastotasi 100133Mgtsni tashkil etadi. Protsessorda yuqori chastota olish uchun 4, 4.5, 5 va undan kattaroq koeffitsientlarga tubdan ko`paytirish yuz beradi.
Kesh-xotira. Protsessor ichida ma`lumot almashishi protsessor va operativ xotira orasidagi almashishdan ancha tez bajariladi. SHuning uchun operativ xotiraga murojaatlarning sonini kamaytirish maqsadida protsessor ichida o`ta operativ xotira yoki kesh-xotira yaratiladi. Protsessorga, agar ma`lumot kerak bo`lsa, u avval keshxotiraga murojaat qiladi, agar bu ma`lumot unda bo`lmasa, so`ngra operativ xotiraga murojaat qiladi. Kesh-xotira o`lchami qancha katta bo`lsa, ma`lumot shu erda bo`lishi ehtimolligi, tabiiyki, shuncha katta bo`ladi. SHu sababdan yuqori unumdor protsessorlarda kesh-xotira hajmi oshirilgan. Kesh-xotira uch darajali bo`ladi.
1-darajali bitta kristalda protsessor bilan birga bajarilgan bo`lib, bir necha o`nlab Kbayt hajmga ega.
2-darajali alohida bitta kristalda, biroq protsessorning chegarasida bajarilgan bo`lib, ona plata tarkibida joylashadi, hajmi yuz va undan katta Kbaytda o`lchanadi.
3-darajali bitta kristalda protsessor bilan birga bajarilgan bo`lib, bir necha o`nlab Kbayt hajmga ega.
Kesh-xotira, ba`zi adabiyotlarda ichki xotira terminida berilgan. Intel-30386 DX yoki Intel-80386SX lar uchun 64kbayt kesh-xotira qoniqarli, 128 Kbayt esa juda ham etarlidir. Intel-80386DX, DX2, DX4 va Pentium kompyuterlari 256Kbayt kesh-xotira bilan ta`minlangan bo`ladi, 32Mbayt operativ xotirali Pentium komp`yuterlari uchun esa 512Kbaytli kesh-xotiraga ega bo`lish maqsadga muvofiqdir.
Eng zamonaviy Pentium Pro mikroprotsessorlarida Kesh-xotiraning bir qismi protsessor bilan bir korpusda joylashtirilgan (boshqacha aytganda, mikroprotsessorga tikilgan) va ularda kesh-xotira sig`imi 512, 1024, 2048 Kbaytgacha boradi.
Protsessor ishlash jaryonida o`zining registrlari, operativ xotira va protsessorning tashqi portlaridagi ma`lumotlarni qayta ishlaydi.
Ma`lumotlarning ma`lum qismi o`ziniki, ma`lum qismi adresli, boshqa qismi komandali deb tushuniladi.
Turli tuman komandalar yig`indisi protsessor komandalar sistemasini tashkil etadi. Protsessorning komandalar soni qancha ko`p bo`lsa, shunchalik arxitektura murakkab, komandalarning baytda yozilishi shunchalik uzun, hamda komandalar bajarilishi o`rtacha vaqti uzoqroq.
IBMga turdosh PKlarda foydalaniladigan Intel protsessori 1000dan ortiq komandalarga ega va kengaytirilgan komandalar sistemasi protsessorlarga CISC – protsessorlari (Complex Inctruction Set Computing). CISC – protsessorlari (Complex Inctruction Set Computing) deyiladi. CISC ga qarama-qarshi RISC – protsessorlari (Reduced Inctruction Set Computing) arxitekturali protsessorlar ham yaratilgan. Bu arxitekturada komandalar soni qisqartirilgan va har bir komanda tezroq bajariladi. natijada oddiy komandalardan tuzilgan programmalar RISC – protsessorlarida tez bajariladi. Biroq qisqartirilgan komandalar sistemasi murakkab operatsiyalarni emulyatsiya qilishi uchun har doim ham oddiy komandalar ketmaketligi unumdor bo`lmaydi.
SHuning uchun universal komp`yuter sistemalarida CISC - protsessorlari, mahsus sistemalarda RISC protsessori ishlatiladi.
IBM PC platformali PKlar uchun CISC-protsessorlari etakchi hisoblanadi. AMD kompaniyasi AMD-K6 turidagi protsessorlarni yaratmoqdaki, ularda gibrid arxitektura qo`llanilgan. Protsessorning tub(ichki) yadrosi RISC- arxitekturasida, tashqi tuzilishi esa CISC –arxitekturasida.
IBM PC kompyuterlarida Intel firmasi x86 oilasiga mos protsessorlar ishlab chiqarayotgan boshqa firmalar protsessorlardan foydalanadi. Bu oilaning avval 16razryadli Intel 80286, 80386, 80486 modifikatsiyalari bilan chiqarilgan edi. Intelning boshqa modellari sifatida Pentium, Pentium MMX, Pentium Pro, Pentium,
Pentium II, Celeron, PentiumIII va so`nggi Pentium IY protsessorlari turadi.
Boshqa firmalar AMD firmasi AMD-R6, Athlon, Duron protsessorlari bilan va Cyrix firmasini aytish mumkin.

Yüklə 220,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin