Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari


Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari



Yüklə 220,66 Kb.
səhifə5/24
tarix25.12.2023
ölçüsü220,66 Kb.
#195802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
avtomatika vositasining rivojlanish tendensiyalari

Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari


Komp`yuter turlarining nomenklaturasi bugungi kunda juda ko`p. Ular vazifasi, quvvati, o`lchami, element bazasi va hokazolarga qarab ajratiladi. SHuning uchun EHMlar turli xususiyatlari bo`yicha klassifikatsiya qilinadi.
Albatta, ta`kidlash kerakki, har qanday klassifikatsiya qandaydir ma`noda shartli bo`ladi. CHunki komp`yuter fani va texnikasi rivojlanishi rivojlanmoqda. Misol uchun, bugungi mikro EHM quvvati bo`yicha 5 yil avvalgi mini EHMga nisbatan kam emas yoki yaqin o`tmishdagi super komp`yuterlar bilan ham bahslasha oladi. Undan tashqari, biror firma talabi bilan yasaladigan maxsus komp`yuterlar qaysi guruhga kiradi, bu ham shartli.
Keng tarqalgan komp`yuter klassifikatsiyasi kriteriyalarini ko`rib chiqamiz. Vazifasiga qarab klassifikatsiyalash.

  • Katta elektron hisoblash mashinalari (EHM)

  • Super EHM

  • Mini EHM

  • Mikro EHM

  • Personal komp`yuterlar

Katta EHMlar yoki maynfreymlar - bu katta mikdor, hajmdagi ma`lumotlarni kayta ishlash uchun yaratilgan. Favqulodda ishonchli, yuqori tezligi, kiritishchiqarish kanallarida katta mikdorda ma`lumot o`tkazish bilan farqlanadi. Bu EHMlarga minglab terminallar (displey klaviatura bilan) yoki personal komp`yuterlar ulanishi mumkin. Ko`pgina ulkan korporatsiya, bank, chet el davlat tashkilotlari o`zlarining ma`lumotlarini aynan katta EHMlarda qayta ishlaydilar va saqlaydilar. Katta EHMlar narxi millionlab dollar tursa ham, hisoblarga ko`ra ularda ma`lumot saqlash, uzatish nisbatan arzon. CHunki boshqa holda minglab personalga asoslangan tarmoq orqali xizmat ko`rsatish qimmatga tushib ketar ekan.
Ular xalq xo`jaligining katta sohalarida xizmat qilish uchun qo`llaniladi. 64– razryad paralel ishlovchi protsessorlar (ular soni 100 tagacha etadi) bilan xarakterlanadi, integral tezligi o`n milliardlab operatsiya bo`lib, ko`p istemolchi(mnogopol`zovatel`skiy) rejimida ishlash bilan belgilanadi. Bu klassdagi komp`yuterlar ishlab chiqarishda etakchilikni IBM firmasi egallab turibdi. Eng taniqli super EHM modellari IBM 360, IBM 370, IBM ES/ 9000, Cray 3, Cray 4, Vax-100, Aitachi, Fujitsu VP2000 lar hisoblanadi.
Katta EHMlarda bazali hisoblash markazlari tuziladi, ular bir necha bo`lim yoki guruhlarga bo`linadi (ular tuzilishi 4 rasmda berilgan). Xizmat ko`rsatuvchilar – o`nlab odamlar bo`ladi.


Texnik xizmat ko`rsatish guruhi
Sistemali
programmachilar guruhi







Markaziy protsessor







Ma`lumot tayyorlash guruhi
Amaliy
programmachilar guruhi










4-rasm. Hisoblash markazi tuzilishi
Markaziy protsessor – EHMning asosiy bloki, unda ma`lumotlarni qayta ishlash va natijalarni hisoblash bajariladi. Uning tarkibi bir necha sistemali bloklardan iborat bo`lib, doimiy temperatura va havo namligi saqlanadigan alohida xonada joylashadi.
Sistemali programmalash guruhi – hisoblash sistemasining ishlashi uchun zarur programma ta`minotini yaratish, otladga qilish va tadbiq etish bilan shug`ullanadi.
Amaliy programmalash guruhi – ma`lumotlarni konkret bajaruvchi programmalarni yaratadi. YA`ni hisoblash sistemasiga foydalanuvchi interfeysni ta`minlovchi programmalar hosil qilinadi.
Ma`lumotlar tayyorlash guruhi – amaliy programmalar uchun ma`lumot tayyorlash bilan shug`ullanadi. Xususan, matn terish, tasvirni skanerlash, ma`lumotlar bazasini to`ldirishni bajaradi.
Texnik ta`minot guruhi – hisoblash sistemasini texnik ta`minlash, apparaturalarni ta`mirlash, otladka qilish, yangi qurilmalarni ulashni bajaradi.
Iqtisodiy ta`minlash guruhi – hisoblash markazining barcha bo`limlarini texnik ma`lumot bilan ta`minlaydi. YAratilgan programmalarni (programmalar kutubxonasi) va yig`ilgan ma`lumotlarni (ma`lumotlar banki) arxivini hosil qiladi va saqlaydi.
Ma`lumotlar berish bo`limi – markaziy protsessordan ma`lumotlar qabul qiladi va uning buyurtmasiga qulay formaga o`zgartirib bosib chiqariladi.
Katta EHMga qurilmalarning yuqori bahosi va xizmatchilar xarajati qo`shiladi.
SHuning uchun unda ish to`xtovsiz tsikl tarzida tashkil etiladi.
Super EHMlar juda ulkan miqdordagi hisoblashlar uchun zarur. Super EHMlarni harbiylar, matereologlar, geologlar va boshqa soha olimlar ishlatadi. Ular yadro portlashlarni modellashtirish, ob-havo prognozlash va boshqa masalalarda qo`l keladi, o`zini moddiy oqlaydi. CHunki bu komp`yuterlar narxi o`nlab million turadi. Bu EHMlarni - Gray, Research, Hitachi firmalari ishlab chiqaradi. Misol uchun, IBM korporatsiyasi sekundiga 9 trillion operatsiya bajara oladigan, dunyodagi eng tezkor komp`yuterni ishlab chiqardi. Amerika ma`muriyati vakillarining aytishicha, bu mashinadan yadro qurolli sinovlarini modellashtirish orqali imitatsiyani qurishda foydalaniladi. YAngi komp`yuter "Pacific Blue" degan nom oldi. YAngi komp`yuter oddiy personal komp`yuterdan 15ming marta tez ishlaydi va 80ming marta katta operativ xotira bilan jihozlangan.
Mini EHMlar katta EHMlarga o`xshash, Xorijda uncha katta bo`lmagan tashkilotlar, universitet, davlat idoralarida, ma`lumotlarni qayta ishlash markazlarida
- personal komp`yuterlarni quvvati etmaydigan joylarda foydalaniladi. Mini EHMga (kichik EHM deb ham ataladi) o`nlab, yuzlab terminal yoki personal komp`yuter ulash mumkin. Ko`pincha ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda foydalaniladi.
Bu komp`yuterlar mul`tiprotsessorli arxitekturasi bilan, 200tacha ulanadigan tarmoqlari, diskli xotira qurilmalari (ularning yuz gigobaytgacha oshirish mumkin), tarmoqlangan periferiya qurilmalari bilan xarakterlanadi. Mini EHM ishini tashkil qilish uchun ham kichikroq hisoblash markazi zarur bo`ladi.
Bu EHMlarni DEC, SUN, Hewlett-Packard, IBM, Silcon Grapics va boshqalar ishlab chiqaradi. Silcon Grapics o`z komp`yuterlariga maxsus qurilma apparati vositalarini qo`shimcha kiritib, uch o`lchovli fazo holatini monitorda tasvirlash imkoniyatiga ega bo`ldi. Natijada, chet el kinofil`mlaridagi maxsus effekt holatlari animatsiya usulida mazkur komp`yuterlarda tayyorlanadi.
Mikro EHMni ko`p korxonalarda ishlatish mumkin. Xizmat ko`rsatish uchun hisoblash laborotoriyasida bir necha kishilik tarkib va amaliy programmachilar bo`lishi kerak. Kerakli sistemali programmalar Mikro EHM bilan birga sotib olinadi, amaliy programma yaratishga katta markazlar yoki maxsus tashkilotlarga buyurtma beriladi.
Hisoblash laboratoriyasi programmachilari sotib olingan yoki buyurtma berilgan programma ta`minotini tadbiq etish bilan shug`ullanadi. Ularning ishini boshqa programmalar hamda komp`yuter qurilmalari bilan kelishtiriladi. Programma va sistema ta`minotiga alohida fragmentlarga o`zgartirishlar kiritish mumkin.

Yüklə 220,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin