Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə10/24
tarix25.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#148131
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
1507561806 69168

Kontrollerlar. Komp`yuterning turli vositalarn, qurilmalarining boshqaruvchi elektron sxemalarni kontrollerlar deb yuritiladi. IBM PC turidagi barcha komp`yuterlarda klaviatura, monitor, qattiq va egiluvchan disklar qurilmalari va boshqalarning kontrollerlari mavjud.
Ta`kidlash lozimki, hozirgi zamon kompyuterlarining aksariyatqismida sistemali plata tarkibiga kontrollerlar kiradi, bundaylarni tikilgan yoki integratsiyalashgan kontroller deb yuritiladi.
Amalda har bir kontroller o`zi uchun alohida yasalgan platada (kontroller platasida) joylashgan bo`ladi. Bu platalar sistemali plataning maxsus razyom(slot)lariga ulanadi. Natijada iste`molchi o`zining komp`yuterida qo`shimcha vositalar qo`shish yoki almashtirishni oddiygina, mazkur kontroller platalarini sug`urib olish yoki tirkash bilan amalga oshiradi. Misol uchun o`z ixtiyori bilan faks-modem, tovush kartasi yoki teleko`rsatuv qabul qilish platasini ham ulashi mumkin.
Ba`zida, misol uchun qattiq disklar (vinchester) va disketlar kontrollerlari bitta platada joylashgan ham bo`lishi mumkin.
Portativ (noutbuk) komp`yuterlarida maxsus kontrollerlar bor, ular RS-kartalar (o`lchami kredit kartochkasi -54x85.6mm, o`lchamida bo`ladi) ishlatiladi. Ular uchun maxsus uyalar portativ komp`yuterlarda ajratilgan bo`ladi(7-rasm).

7-rasm. Portativ(notebook) komp`yuter
Ichki xotira.

Ona platada joylashadigan xotira qurilmasining barcha turiga ichki xotira deb ataladi. Bularga quyidagilar kiradi: operativ xotira, doimiy xotira va energiyaga bog`liq xotira.


Operativ xotira RAM (Ramdom Access Memory).
RAM xotirasi bu kristal yacheykalar massivi bo`lib ma`lumotlarni saqlashga xizmat qiladi. Ular protsessor, tashqi xotira va periferiya sistemalari o`rtasida axborot (komandalar va ma`lumotlar) operativ almashishi uchun ishlatiladi. Undan protsessor programma va ma`lumotlarni qayta ishlash uchun oladi va unga hosil bo`lgan natijalarni yozadi. Operativ degan nom u juda tez ishlashi bilan bog`liq, protsessorga xotiradan ma`lumot o`qish yoki yozish uchun kutishga to`g`ri kelmaydi. Biroq ma`lumotlar komp`yuter yoqiq xoldagina saqlanadi, aks xolda o`chib ketadi.
Faoliyatining fizik printsipi bo`yicha dinamik xotira DRAM va statistik xotira SRAM ga bo`linadi.
Dinamik xotiraning yacheykalarini mikrokondensatorlar shaklida tasavvur qilish mumkin. Ularda elektr zaryadni to`plash xususiyati bor.
DRAM xotirasining kamchiligi - ma`lumotlarni o`qish va yozish sekin amalga oshadi, shuningdek, doimo quvvatlanib turishni talab etadi. YUtug`i esa realizatsiya qilish oson va bahosi arzon.
Statistik xotira yacheykalarini esa tranzistrlardan tashkil topgan triggerlar yoki elektron mikroelementlardek tasavvur etish mumkin. Triggerlarda zaryad emas, (yoqilgan/o`chirilgan) holat saqlanadi. SRAM xotirasining yutuq tomoni - uning tezligi juda yuqori. Kamchiligi - murakkab texnologik jarayonda tayyorlanadi va tabiiyki narxi baland.
Dinamik xotiraning mikrosxemalari asosiy operativ xotira bo`lib, statistik xotira mikrosxemalari esa – kesh xotira ga xizmat qiladi.
Har bir xotira yacheykasi raqamli o`z adresiga ega.
Intel protsessorlariga asoslangan zamonaviy Pentium personal komp`yuterlarida 32-razryadli adreslash qo`llaniladi. Operativ xotiraning hajmi ona plata chipseti bilan aniqlanadi va odatda bir necha yuz megabayt va undan ko`p qiymatni tashkil etadi.
Operativ xotira komp`yuterda modul deb atalgan standart panellarda joylashtiriladi. Modullar o`z navbatida ona platadagi mos raz`yomlarga qo`yiladi. Modullar konstruktsiyasi bo`yicha ikki turda bajariladi: bir qatorli (SIMM - modullari) va ikki qatorli (DIMM- modullari). Pentium protsessorli komp`yuterlarda bir qatorli modullarni juftlab ishlatish mumkin (ona platada ularga raz`emlar juft ajratilgan). DIMM- modullari bittalab o`rnatish mumkin. Bir platada turli modullarni kombinatsiyalab joylashtirish mumkinmas.
Operativ xotira modullarining asosiy xarakteristikalari: Xotira hajmi; murojaat vaqti.
Operativ xotiraga murojaat vaqti nanosekundlar bilan o`lchanadi. Qancha kam bo`lsa shuncha yaxshi. Ikkala modullar bo`yicha ma`lumotlar 1 – jadvalda berilgan.
1– jadval




Operativ xotira turi







Qatorliligi







Murojaat tezligi,
nanosekunda







Modullar hajmi , Mbayt




SIMM




1




50–70




4,8,16,32,64

DIMM




2




7–10




16,32,64,128,256,512


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin