Ochiq arxitektura printsipi Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash Komp’yuterlar klassifikatsiyasi usullari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə9/24
tarix25.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#148131
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
1507561806 69168

SHinalar.Boshqa qurilmalar birinchi navbatda operativ xotira bilan protsessor provodniklarining (uzatgichlar) shodasi (boshqacha nomi shinalar) bilan bog`lanadi. SHinalar uch turga ajratiladi:
Adresli shina. Bu shinadan yuboriladigan ma`lumotlar operativ xotira yacheykalarining adresi deb tushuniladi. Xuddi shu shinadan protsessor bajariladigan komandalar adresini va shu komandalar ishlatadigan ma`lumotlarni o`kiydi. Zamonaviy protsessorlarda adresli shina 32-razryadli, ya`ni u 32 uzatgichdan iborat.
Ma’lumotlar shinasi. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor registrlariga (va teskari) ma`lumotlar nushasi ko`chiriladi. Intel Pentium protsessorlarida ma`lumotlar shinasi 64-razryadli va bir taktda 8-baytli ma`lumot qayta ishlashga tushadi.
Komandali shina. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor bajarishi uchun komandalar kelib tushadi. Komandalar bayt ko`rinishida taqdim etiladi. Oddiy komandalar bir baytga kiritiladi, biroq ba`zi komandalar bajarilishi uchun 2, 3 va undan ortiq bayt kerak bo`ladi. Ona platadan shina faqat protsessor bilan bog`lanish uchungina emas, u ona platadagi ichki qurilmalar, hamda ona plataga ulanadigan boshqa qurilmalar bilan ham bog`lanishga xizmat qiladi.
SHuning uchun bu elementlar arxitekturasidan PK unumdorligi o`zgaradi. Ona plataning asosiy shina interfeyslari:
ISA (Industry Standard Architecture). Sistemali blokning barcha qurilmalarini o`zaro bog`lash imkonini beradi, shuningdek yangi qurilmalarini standart slotlar orqali oddiy ulanishni ta`minlaydi. O`tkazish imkoniyati 5,5 Mbayt/s ni tashkil etadi.
Zamonaviy komp`yuterlarda faqatgina katta o`tkazish imkoniyatini talab qilmaydigan tashqi qurilmalar (musiqa kartalari, modem va boshqalar) qo`shimcha ulanishga moyil.
EISA (Extended ISA) ISA stanlartining kengaytirilgani. O`tkazish imkoniyati 32 Mbayts gacha oshirilgan. Bu standart ham ISA standarti kabi o`z imkoniyatlarini namoyon qilib bo`lgan. Kelgusida bu interfeys platalarini chiqarish tugatiladi.
VLB (VESA Local Bus) VESA lokal shinasi standartining interfeysi. Asosiy shinadan foydalanmagan holda, lokal shina protsessorni operativ xotira bilan bilan bog`laydi. U asosiy shinaga nisbatan yuqori chastotatada ishlaydi va ma`lumot uzatish tezligini oshirish imkonini beradi. Keyinchalik lokal shinaga videadapter ulash uchn interfeys "qo`shildi" ("vrezali"). Bu interfeys yuqori o`tkazish imkoniyatini talab etadi. SHu sababdan VLB standarti, quyidagi xarakteristikalari bilan paydo bo`ldi: 130 Mbayt/s - o`tkazish imkoniyati, ishchi takt chastotasi 50MGts, biroq shinaga ulanadigan qurilmalar soniga bu bog`liqki, uning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
PCI (Peripherial Component Interconnect) Pentium protsessori asosida PK ga tashqi qurilmalarni ulash standarti. Mazmuni bo`yicha u raz`emli lokal shina interfeysi, tashqi komponetalarni ulashga ishlatiladi. Mazkur interfeys MGts gacha shina chastotasini qo`llab quvvatlaydi va ulanadigan qurilmalar nechta bo`lishidan qat`iy nazar 264 Mbayt/s ga yaqin tezlikni ta`minlaydi.
Mazkur standartning yangilik tomoni u plug-and-play mexanizmini qo`llashidir. Mazmunan bu quyidagini anglatadi PCI shinasi raz`emiga tashqi qurilmani fizik ulash amalga oshirilgach, ulangan qurilmani avtomatik konfiguratsiyasi (konfiguratsiyaga kiritish, qo`shish) yuz beradi.
FSB (Front Side Bus). Pentium Pro protsessoridan boshlab operativ xotira bilan bog`lanish uchun mahsus FSB shinasidan foydalaniladi. Bu shina 100-133 MGts chastotasida ishlaydi va o`tkazish qobiliyati 800 Mbayt/s ga teng. FSB shinasi chastotasi uning asosiy parametridir, aynan u ona plata spetsifikatsiyasini ko`rsatadi. Endilikda PCI shinasiga faqat yangi tashqi qurilmalarni ulash vazifasi qoldi.
AGP (Advanced Graphic Port). Videoadapterlarni ulash mahsus shina interfeysi. PCI shinasining parametrlari tezlik bo`yicha videoadapterlar talablariga javob bera olmagani tufayli yaratilgan. Bu shina chastotasi - 33 66 MGts, o`tkazish qobiliyati 1066 Mbayt/s gacha.
USB (Universal Serial Bus). Bu interfeys komp`yuterga periferiya qurilmalarini ketma-ket ulash yangi usulidagi universal standart hisoblanadi. U 256tagacha turli ketma-ket interfeysli qurilmalar ulash imkonini beradi, yana bu qurilmalar zanjir shaklida ulanishi mumkin. USB shinasi nisbatan kichik va 1,55 Mbit/s ni tashkil etadi. Bu standart yutug`i, qurilmani komp`yuterni o`chirmay "qaynoq rejimda" ulash, shuningdek, bir nechta komp`yuterni oddiy tarmoqqa mahsus apparat va programma ta`minotisiz bog`lash (ulash) dir.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin