Ochiq arxitektura printsipi



Yüklə 31,08 Kb.
səhifə1/3
tarix24.09.2023
ölçüsü31,08 Kb.
#147833
  1   2   3
Mavzu Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiya



Mavzu: Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyasi.
Reja:

  1. Hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanish bosqichlari
  2. Ochiq arxitektura printsipi


  3. Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash

XULOSA

Hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanish bosqichlari
Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlarning ko`p qismi XX asrga to`g`ri kelsada, ulardan eng noyoblari komp`yuter va Internet ekanligiga sir emas. CHunki, insoniyat bilimi, tafakkuri natijasi o`laroq yaratilgan komp`yuter, «Hisoblash qurilmasi» beqiyos imkoniyatlari bilan kishini hayratlantiradi.Endilikda komp`yuter nafaqat hisoblash qurilmasi, balki u televizor, video, telefon, masofada o`qitish vositasi, elektron pochta, elektron kutubxona, virtual aloqa bog`lash vositasi va hokazolarni o`z ichiga oladi. Bu esa butun olam ahlini uzoq manzilini yaqin qilish, muloqot, savdo, sayohat, madaniyat, fan-texnika yangiliklari bilan ma`lumot almashishni yo`lga qo`yadi. Ingliz yoki rus tilini bilganlar uchun Internet orqali katta firmalarga, korporatsiya, kutubxona, muzeylarga kirib borish hech gap bo`lmay qoldi. Kino olami, sport to`g`risida turli axborot vositalari yoritayotgan xabarlarni kunda o`qib borish mumkin. Xuddi mamlakatlar o`rtasidagi chegaralar yo`qday.CHindan ham komp`yuterning paydo bo`lishi, hisoblash texnikasi tarixida katta rivojlanish bosqichi bo`ldi.Uning tarixiga nazar tashlasak, amalda tatbiq qilingan birinchi analitik-hisoblash mashinasi G. Xollerit tomonidan yaratilgan bo`lib, 1890 yili Amerikadagi aholi sonini ruyxatga olishda foydalanilgan.G. Xollerit (1860-1929) Buffalo shahrida nemis emigrantlari oilasida tug`ildi. U Kolumbiya universitetini bitirib aholini ro`yxatga olish korxonasiga ishga kiradi. SHu korxonada yuqori mansabdor, bo`lg`usi qaynotasining tabulyatsiya ishini perfokarta yordamida bajarish qulay, degan maslahati bilan o`n yillar davomida shunday tizimni yaratish ustida ishladi. Natijada statistik tabulyator analitikmashinasini yaratadi. Unda, axborotni kiritish uchun perfokartalar ishlatilib, qolgan qurilmalar oddiy perforator (perfokartaga simvollarni joylash uchun ishlatiladigan qurilma), murakkab perforator, saralash mashinasi va tabulyatordan iborat edi. Keyinchalik, u 1996yilda bu mashinalarni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha firma ochadi. So`ngra, turdosh bir nechta firmalar bilan birlashib, Computer Tabulating Recording Co kompaniyasini tashkil etadi, biroq mazkur kompaniyani u 1911yilda sotib yuboradi. Keyinchalik, 1924 yil 14 fevralidan kompaniya nomini International Business Machines Corp. Korporatsiyasiga (qisqacha IBM deb yuritiladi) o`zgartiriladi. SHu bois ba`zi adabiyotlarda G. Xollerit IBM korporatsiyasini asoschisi sifatida tilga olinadi. XX asrning 30-yillarida hozirgi zamon komp`yuterlarining ilk loyihalari yaratilgan edi. Amerikalik bolgar millatiga mansub olim D. Atanasov (1903yil 3 oktyabrida tug`ilgan) birinchi elektron hisoblash mashinasining muallifi hisoblanadi. Atanasov 1937yilda, so`ngra 1939 yilda zamonaviy hisoblash mashinasi kontseptsiyasining tugallangan variantini e`lon qildi. Unga ko`ra:

  • komp`yuter o`z elektr quvvati va elektronika yutuqlariga asoslangan bo`ladi;

  • shu vaqtgacha yaratilgan qurilmalardan farqli ravishda u o`nlik emas, ikkilik sanoq tizimiga bog`liq bo`ladi;

  • xotiralovchi qurilma sifatida kondensatorlar xizmat qiladi;

  • hisoblash matematik amallar bilan emas, balki mantiqiy amallar yordamida bajariladi.

Yüklə 31,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin