Odam anatomiyasi fanidan ma`ruza matni


Bosh suyagining miya qutisi qismi



Yüklə 52,57 Kb.
səhifə8/10
tarix04.06.2022
ölçüsü52,57 Kb.
#60639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Anatomiya fani predmeti ,maqsadi uning vazifalari, o\'rganish usullari.

Bosh suyagining miya qutisi qismi.
Ensa suyagi miya qutisining orqa,pastki tomoni va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi.U oldingi tomondan ponasimon suyakka,tepa va chakka suyaklarigabirlashgan.Unda palla,yon qismlar,asos yoki tana tafovut qilinadi.Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida joylashadi. Ensa suyagi katta ensa teshigi orqali umurtqa kanaliga qo`shilib turadi.
Ponasimon suyak juda murakkab tuzilgan bo`lib,kalla suyagining asosan o`rtasida,deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashgan holda joylashgan.Uning katta va kichik qanotlari uchayotgan ko`rshapalak shakliga o`xshash bo`lib,suyak tanasiga birlashadi.Ponasimon suyak tanasining kalla bo`shlig`iga qaragan yuqori yuzasining o`rta qismida egarchaga o`xshash chuqurcha turk egarchasining tubi bo`lib bunda miyaning pastki ortig`i – gipofiz joylashadi.
Chakka suyagi bir juft bo`lib,murakkab tuzilgan.Eshitish,muvozanat analizatorlarini o`z tarkibida saqlab turadi.Chakka suyagi to`rt qismdan iborat: bular palla(tanga),nog`ora,piramida va so`rg`ichsimon qismlaridir.
Tepa suyagi bir juft bo`lib,miya qutisining o`rta qismini tashkil qiladi Bosh miya takomillashgan sari tepa suyak ham rivojlanadi.Bu suyak miya qutisining asosiy qismini egallaydi,bosh miyani mexanik shikastlanishlardan saqlaydi.Tepa suyak miya qutisining boshqa suyaklariga nisbatan to`rt qirrali va to`rt burchakli,sirti gumbazsimon bo`rtib chqqan plastinka shaklida tuzilgan.Uning oldingi qismi peshona suyagi pallasiga birlashadi,yuqori chqismi ikkinch tomondagi tepa suyagining xuddi sundayqismiga o`rta chiziqda birlashadi.
Peshona suyagi bitta bo`lib miya qutisining oldingi qismini tashkil qiladi va vertikal joylashgan palla qismi hamda gorizontal bo`lakka ajratiladi. Gorizontal bo`lak bir juft ko`z kosasi va burun bo`lagi qismlaridan tashkil topgan.
G`alvirsimon suyak yuz suyaklari orasida markazda,burun bo`shlig`ining peshona suyagi o`ymasida – tepada joylashgan.U gorizontal joylashgan g`alvirsimon nafis plastinka bilan kalla suyagining tubini hosil qilishda qatnashadi.U uch qismdan iborat: gorizontal joylashgan g`alvirsimon nafis plastinka,pastga yo`nalgan perpendikulyar plastinka va uning ikki yonida joylashgan labirint - g`ovakchalardir

Yüklə 52,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin