Anatomiya fani predmeti ,maqsadi uning vazifalari, o'rganish usullari.
Reja
1. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha.
2.Anatomiyaning o`rganish usullari.
3.Anatomiya fanining rivojlanish tarixi.
4.Anatomiya atamalari.
Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha. Odam anatomiyasi odam organizmining shaklini, tuzilishini,uning rivojlanish jarayonini o`rganadigan fan bo`lib, har bir a‘zoni jinsiy yosh jihatdan tafovut qilishini, shuningdek, atrof muhitning a‘zolar tuzilishi va funksiyasiga bo`lgan ta‘sirini o`rganadi.
Odam anatomiyasi tibbiyotning asosini tashkil qilib bir qancha fanlarni o`z ichiga oladi.
Solishtirma anatomiya - odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyutsion taraqiyoti qonunlari - filogenezga taqqoslangan holda odam holatiga o`tish jarayoni antropogenizni o`rganadi.
Embriologiya – odam organizming paydo bo`lishini tugilguncha ona qornida o`sib rivojlanib borishini o`rganadi.
Yoshga doir anatomiya – tug`ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo`lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni o`rganadi.
Antropologiya – organizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta‘sirlarini o`rganadi.
Funksional anatomiya – a‘zolarning tuzilishi ularning vazifalariga bog`liq holda shakllanib borishini o`rganadi.
Fiziologiya – organizm a‘zolar tizimi, a‘zolarni, shuningdek, to`qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini o`rganadi.
Gistalogiya – a‘zolarni tashkil qilgan to`qimalarni o`rganadi.
Patologik anatomiya- a‘zolarning kasallik holatidagi o`zgarishlarni o`rganadi.
Sistematik anatomiya- bir-qancha bo`limdan iboratdir. U organizmning har-xil sistemalarini o`rganadi, masalan, suyaklarni osteologiya, bo`g`imlarni sindesmologiya, muskullarni miologiya, ichki a‘zolarni splanxologiya, qon tomirlar tuzulishini angiologiya, ichki sekretsiya bezlarini endokrinologiya, sezgi a‘zolarini esteziologiya, nerv tizimini nevralogiya bo`limlari o`rganadi.
Topografik anatomiya- a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog`liq atrof-muhit ta‘sirida shakillanish qonuniyatlari bilan birgalikda o`rganadi.