Odam anatomiyasi fanidan ma`ruza matni



Yüklə 33,59 Kb.
səhifə1/8
tarix02.04.2023
ölçüsü33,59 Kb.
#92496
  1   2   3   4   5   6   7   8
Anatomiya fani, uning fazifalari, o\'rganish usullari, rivojlanis



Anatomiya fani, uning fazifalari, o'rganish usullari, rivojlanish tarixi. Hujayraning tuzilishi, tarkibi, bo'linishi. To'qimallarning turlari, tuzulishi vazifalari.

Reja


1. Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha.
2.Anatomiyaning o`rganish usullari.
3.Anatomiya fanining rivojlanish tarixi.
4.Anatomiya atamalari.
Odam anatomiyasi fani haqida tushuncha.
Odam anatomiyasi odam organizmining shaklini, tuzilishini,uning rivojlanish jarayonini o`rganadigan fan bo`lib, har bir a‘zoni jinsiy yosh jihatdan tafovut qilishini, shuningdek, atrof muhitning a‘zolar tuzilishi va funksiyasiga bo`lgan ta‘sirini o`rganadi.
Odam anatomiyasi tibbiyotning asosini tashkil qilib bir qancha fanlarni o`z ichiga oladi.
Solishtirma anatomiya - odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyutsion taraqiyoti qonunlari - filogenezga taqqoslangan holda odam holatiga o`tish jarayoni antropogenizni o`rganadi.
Embriologiya – odam organizming paydo bo`lishini tugilguncha ona qornida o`sib rivojlanib borishini o`rganadi.
Yoshga doir anatomiya – tug`ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo`lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni o`rganadi.
Antropologiyaorganizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta‘sirlarini o`rganadi.
Funksional anatomiya – a‘zolarning tuzilishi ularning vazifalariga bog`liq holda shakllanib borishini o`rganadi.
Fiziologiya – organizm a‘zolar tizimi, a‘zolarni, shuningdek, to`qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini o`rganadi.
Gistalogiya – a‘zolarni tashkil qilgan to`qimalarni o`rganadi.
Patologik anatomiya- a‘zolarning kasallik holatidagi o`zgarishlarni o`rganadi.
Sistematik anatomiya- bir-qancha bo`limdan iboratdir. U organizmning har-xil sistemalarini o`rganadi, masalan, suyaklarni osteologiya, bo`g`imlarni sindesmologiya, muskullarni miologiya, ichki a‘zolarni splanxologiya, qon tomirlar tuzulishini angiologiya, ichki sekretsiya bezlarini endokrinologiya, sezgi a‘zolarini esteziologiya, nerv tizimini nevralogiya bo`limlari o`rganadi.
Topografik anatomiya- a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog`liq atrof-muhit ta‘sirida shakillanish qonuniyatlari bilan birgalikda o`rganadi.


Yüklə 33,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin