Anatomiya atamalari.
Odam organizmini o`rganishda qo`llaniladigan anatomiya atamalari birinchi marta 1894 yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida bo`lgan anatomlar se`zdida qabul qilingan. Bazel anatomiya atamalari nomenklaturasida a‘zolar tuzilishga mos kelmaydigan atamalar ham bo`lgan. Shuning uchun 1955 yilda Parijda bo`lib o`tgan anatomlar se`zdida Parij anatomiya atamalari nomenklaturasi qabul qilindi va hozir ham qo`llanilib kelmoqda. A‘zolarning joylashgan o`rni, ularning alohida qismlarini a‘zolarga nisbatan o`rganishda sagittal, fronttal va gorizantal sathdan foydalaniladi.
1.Sagittal sath odam tanasining oldindan orqa tomonga qaratib boshidan oxirigacha vertikal kesilishi natijasidan hosil bo`ladi. Agar muzlatilgan murdaning qoq o`rta qismidan o`ng va chap nimtalarga ajratilsa o`rta satx hosil bo`ladi.
2.Frontal sath sagittal sathga nisbatan to`gri burchak hosil qilib yoki aniqrogi odam peshonasiga parallel holatda o`tkazilgan yuzadan vjudga keladi.
3.Gorizantal sath fazoga parallel yoki sagittal holda frontal sathlarga to`g`ri burchak hosil qilib o`tkazilgan yuzadan hosil bo`ladi.
Tayanch-harakatlanish tizimining ahamiyati, suyaklarning tuzilishi, shakllari,kimyoviy tarkibi,fizik xossalari,birikishi.
Rеja;
1.Tayanch-harakatlanishs tizimining ahamiyati
2.Suyaklarning shakllari
3.Suyaklarning tuzilishi, kimyoviy tarkibi
4.Suyaklarning fizik xossalari
5.Suyaklarning birikishi
6.Suyaklarning’ o’sishi
7. Suyaklarning’ yoshiga bog’liq xususiyatlari
8.Odam va hayvonlar skеlеtidagi o’xshashlik.
Dostları ilə paylaş: |