Anatomiyaning o`rganish usullari.
Odam anatomiyasining o`rganish usullari bir necha xil bo`lib odam tuzulishi haqida to`liq tassavvur hosil qilishda murdani yorib ko`rish usulidan foydalanib o`rganiladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo`lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo`llanib o`rganiladi. Bular quyudagilardir.
Antropomеtrik usul – bo`y uzunligi, tana vazni, ko`krak qafasi aylanasi, yеlka kеngligi kabilar o`lchanib o`sish va rivojlanishi o`rganiladi.
Kesib ochish yo`li bilan preparatlar tayyorlash
Arralash usuli- murda muzlatilib, o`rganiladigan a‘zosi bo`lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a‘zolar topografiyasi haqida kengroq ma‘lumot olinadi.
In‘eksiya usuli- ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bo`yoqlar yuborib o`rganiladi.
Yoritish ravshanlashtirish usuli- o`rganiladigan a‘zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib ko`riladi.
Karroziya yoki yemirish usuli kovak a‘zolariga tez qotadigan modda yuborib so`ngra kislota yoki ishqor ta‘sirida a‘zo to`qimalari yemiriladi va u a‘zoning shakli o`rganiliadi
Rentgen nuri yordamida o`rganish usuli- tirik odam tuzulishini o`rganishga keng imkon beradi.
Paypaslab o`rganish usuli- a‘zo chegralarini o`rganadi
Perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan urib aniqlash usuli, a‘zo chegaralari o`rganiladi.
12. Auskultatsiya usuli – maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, o`pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi.
13.Mikroskopda ko`rib urganish usuli- to`qima va a‘zolaring hujayraviy tuzulishi o`rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |