Kallani suyagini atlant bilan va atlantni o’qli umirtqa bilan sinovial brikishi Atlantoensa bo’g’imi, articulatio atlanto- occipitalis (ras. 230 – 232; ras. 227, 228), juft
bo’g’imdir.
Ensaning
tuxumsimon
(sichqonsimon),
condyli occipitales, bo’g’im
yuzasi va atlantning yuqorigi bo’g’im
chuqurchasi,
fovea articularis superior, orasida
hosil bo’ladi. Atlant va ensa suyagi bo’g’im
yuzalarining bo’ylama o’qi oldingi tomonda
biroz bir biriga yaqinlashadi. Ensa suyagining
bo’g’im yuzasi atlantning bo’g’im yuzasiga
nisbatan kichikroqdir. Bog’im kapsulasi
bo’g’im tog’ayining qirg’oqlariga brikadi.
Bo’g’im yuzasining shakliga ko’ra bu bo’g’im
ellipsimon, yoki sichqonsimon bo’g’imlar
guruhiga kiradi.
O’ng va chap bo’g’imlar aloxida kapsulaga
ega bo’lishiga qaramasdan, xarakat ikkala
bo’g’imda ham bir vaqtda sodir bo’ladi ya’ni bu
bo’g’im
kombinatsiyalangan
bo’g’im
hisoblanadi; bo’g’im boshni qimirlatish
(oldinga va orqaga egish) va sezilarsiz darajada
yonga harakat qilish jarayonida qatnashadi.
Bu bo’g’imda farqlanadi:
1.
oldingi atlant-ensa membranasi, membrana atlanto-occipitalis anterior (ras.
226, 227). Katta ensa teshigi oldingi qirg’og’i
va atlantning oldingi yoyi orasidagi butun yoriq
bo’ylab
tortilgan
bo’lib;
pastda
lig. longitudinale anterius, ga qo’shilib ketadi.
uning orqasida, ensa suyagidan atlant oldingi
yoyining o’rta qismiga tortilgan oldingi atlant-
ensa boylami
, lig. atlanto-occipitalis anterior, joylashgan.
232. Atlant va o’qli umirtqaning bo’g’im va boylamlari; yuqoridan