Odam anatomiyasi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

Ponasimon suyak 
Ponasimon suyak

os sphenoidale
(ras. 63-68. 
Ras 109,111,117) toq, bosh qutusining pastki 
asosini hosil qoladi. 
Ponasimon suyakning o’rta qismi – tanasi, 
corpus,
kubsimon shakilda bo’lib oltita yuzasi 
farqlanadi. Bosh qutusining bo’shlig’iga 
qaragan yuqorigi yuzasida botiqlik – turk 
egarchasi, sella turcica, bor bo’lib uning 
markazida 
gipofizar 
chuqurcha, 
fossa 
hypophysialis,
(ras. 64) joylashgan. Bu 
chuqurchada gipofiz, 
hypopysis,
joylashadi. 
Chuqurchaning 
kattaligi 
gipofizning 
o’lchamiga bog’liq. Turk egarchasining 
chegaralari, oldindan rgarcha do’mbog’chasi, 
tuberculum sellae. Do’mbog’chadan orqaroqda 
egarchaning 
yonbosh 
qismida 
doimiy 
bo’lmagan o’rta egilgan o’simta, processus 
clinoideus medius, joylashgan. 
Do’mboqchadan oldinda egarcha unchalik 
chuqur bo’lmagan ko’ndalang kesishmaoldi 
egatchasi, 
sulcus prechiqsmatis
, bor. Undan 
orqaroqda ko’rish nervining kesishmasi, 
chiasma opticum
, joylashadi. Egatchaning 
lateral tomonida ko’ruv kanali, 
canalis opticus,
joylashgan. Egatchaning oldida esa ponasimon 
suyakni kichik qanotlarining qo’shilishidan 
hosil bo’lgan silliq yuza – ponasimon tepalik, 
jugum sphenoidale, 
(supacha) choylashgan. 
Tananing yuqorigi old qismi tishlashgan, sal 
oldinga chiqqan bo’lib g’alvirsimon suyak 
plastinkasining orqa yuzasiga brikadi va 
ponasimon – g’alvirsimon chok, 
sutura spheno 
– ethmoidalis,
ni 
hosil 
qiladi. 
Turk 
egarchasining orqa chegarasini egarchaning
suyanchig’I, 
dorsum sellae,
hosil qilib u o’ng 
va chapga tomon sal chiqib turuvchi orqa 
egilgan 
o’simta, 
processus 
clinoideus 
posterior,
ni hosil qilb tugaydi. 
Egarchaning ikki yonida orqadan oldinga 
tomon uyqu egatchasi, 
sulcus caroticus,
( bu 
yerdan ichki uyqu arteriyasi va u bilan 
yo’naluvchi nerv chigallari o’tadi). Bu 
egatchaning orqa qirg’og’ida esa o’tkir o’simta 
– ponasimon tilcha, 
lingula sphenoidalis,
chiqib turadi. 
Egarcha suyanchig’ining orqangi yuzasi ensa 
suyagi basilar qismining yuqorigi yuzasiga 
o’tib ketadi va u bilan birgalikda nishab, 
clivus,
(bu yerda ko’prig, uzunchoq miya, bazillyar 
arteriya va uning shoxlari yotadi) ni hosil qiladi. 
Tananing orqa yuzasi notekis; tog’ay qavati 
bilan ensaning bazillyar qismining oldingi 
yuzasi bilan brikib ponasimon – ensa 
sinxondrozi, 
synchondrosis spheno–occipitalis,
ni hosil qiladi. Yosh o’tgan sayin tog’ay suyak 
yo’qimasiga aylanadi va bu ikkala suyak 
birlashib ketadi. 
Tananing oldingi yuzasi va pastki yuzasining 
bir qismi burun bo’shlig’iga qarab turadi. 
Oldingi yuzaning o’rtasida ponasimon qirra, 
crista sphenoidalis,
chiqib turadi; uning oldingi 
qirg’og’I 
g’alvirsimon 
suyakning 
perpengikulyar plastinkasi bilan birlashib 
turadi. Qirra pastki tomonda o’tkir o’simta, 
ponasimon tumshuq, 
rostum sphenoidale,
ni 
hosil qiladi. U dimoq suyagining qanoti bilan 
birlashib, dimoq suyagining yuqorigi qirg’og’I 
va ponasimon tumshuq oralig’ida yotuvchi 
dimoq-tumshuq 
kanali, 
canalis 
vomerorostralis,
(ras67) ni hosil qiladi. 
Qirraning lateral tomonida ichkariga tomon 
egilgan plastinkalar – ponasimon chog’anoqlar, 
conchae 
sphenoidalis, 
(ras. 
66) 
bor. 
Chig’anoqlar ponasimon bo’shliq(pazuxa), 
sinus sphenoidalis,
larning oldingi va qisman 
pastki devorini hosil qiladi. Ikkala pazuxada 
uncha katta bo’lmagan teshik-ponasimon

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin