ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
G’alvirsimon suyak. G’alvirsimon suyak, os ethmoidale , (ras. 77-
81; ras.118-121), toq, uning ko’proq qismi
burun bo’shlig’ining yuqorigi qismida, ozroq –
qismi esa kalla asosining oldingi qismida
joylashgan. U noto’g’ri kubsimon shakilda
bo’lib, hovo saqlovchi yacheykalardan tashkil
topgan va hovo saqlovchi suyaklar,
ossa pneumatica, gruppasiga kiradi.
G’alvirsimon suyakda gorizontal yo’nalgan,
g’alvirsimon plastinka, vertikal yotuvchi
perpendikulyar plastinka va perpendikulyar
plastinkaning
ikki
yonida
joylashgan
g’alvirsimon labirintlar, kabi qismlardan iborat.
G’alvirsimon plastinka, lamina ciribrosa, (ras.
77, 119), burun bo’shlig’ining yuqorigi
devorini hosil qiladi. Peshona suyagidagi
g’alvirsimon o’ymada gorizontal joylashib
peshona-
g’alvirsimon
chok,
sutura frontoethmoidalis, ni hosil qiladi. U uncha katta
bo’lmagan 30-40 ta teshiklar,
foramina fibrosae, bilan teshilgan ( bular orqali hid sezish
nervi tolalari va tomirlar o’tadi) (ras. 117).
Perpendikulyar
plastinka,
lamina
perpendicularis (ras. 78, 80, 109, 120), ikki
qismga bo’linadi: g’alvirsimon plastinka ustida
joylashuvchi, yuqorigi kichik va g’alvirsimon
plastinkaning ostida joylashuvchi, katta pastki.
Yuqorigi qism xo’roz toji qirrasi, crista galli, ni
hosil qiladi va kalla bo’shlig’iga tomon
yo’nalgan bo’ladi ( qirraga bosh miyaning
o’rog’I – miya qattiq pardasining o’simtasi
brikadi).
Xo’roz toji qirrasining oldpastki, ikki yon
tomonda doimiy bo’lmagan – xo’roz toji
qirrasining qanoti,
ala cristae galli, mavjud.
Ikkala qanot ham yuqori va orqadan peshona
suyagidagi ko’r teshik,
foramen cecum, bilan
chegaralangan. Perpendikulyar plastinkaning
pastki qismi noto’g’ri to’rtburchak shaklida,
burun bo’shlig’iga ya’ni pastga tomon tik
tushgan va burun bo’shlig’idagi suyak
to’sig’ining oldyuqorigi qismini tashkil etadi.
Plastinka
yuqoridan
peshona
suyagining
qiltanog’I, oldindan – burun suyagiga, pastdan
– dimog’ suyagi, old va pastdan burun
to’sig’ining tog’ayli qismiga brikib turadi.
Ko’pincha perpendikulyar plastininkaning
barcha yoki ozgina qismining u yoki bu
tomonga siljishi kuzatiladi.
G’alvirsimon labirint, labirinthus ethmoidalis,
(ras. 81, 121) – juft hosilalar bo’lib,
perpengikulyar plastinkaning ikki yon tarafida
joylashadi va g’alvirsimon plastinkaning pastki
yuzasiga tegib turadi. U bir biri bilan va qator
teshiklar orqali burun bo’shlig’I bilan
bog’lanuvchi ko’p sonli xovo saqlovchi
g’alvirsimon
yacheykalar,
cellulae ethmoidales, (ras. 77, 120, 121)dan iborat.
Yacheykalar burun bo’shlig’idagi shilliq
qavatning bevosida davomi bo’lmish shilliq
qavat bilan qoplangan.
Oldinda joylashgan yacheykalar o’rta burun
yo’liga, o’rta va orqa yacheykalar yuqorigi
burun yo’li bilan aloqa qiladi.
Lateral devor bo’lib, ko’z kosasining ichki
devorini asosiy qismini hosil qiluvchi ko’z
plastinkasi,
lamin orbitalis, hisoblanadi.
Plastinka yuqoridan peshona suygi bilan brikib
peshona-g’alvirsimon chok
, sutura fronto- ethmoidalis, pastdan – yuqorigi jag’ bilan –
g’alvirsimon-yuqorigi jag’ choki
, sutura ethmoidomaxillaris, va tanglay suyagining ko’z
o’simtasi bilan – tanglay-g’alvirsimon chok,
sutura palato- ethmoidalis , ni hosil qiladi (ras.
124). Labirintning yuqorigi tomonidan ikki
egatcha – oldingi va orqa g’alvirsimon
egatchalar mavjud bo’lib, peshona suyagidagi
shu nomli egatchalar bilan qo’shilib, oldingi va
orqa g’alvirsimon teshik
, foramina ethmoidales anterius et posterius, ga
ochiluvchi
kanalchalarni (ras. 106, 110) hosil qiladi (bu
teshiklar orqali shu nomli tomir va nervlar
o’tadi).
Labirintning medial devori (ras. 80, 118, 119)
notekkis,
egatchalar
bilan
to’la,
burun
bo’shlig’I lateral devorining kattagina qismini
tashkil etuvchi plastinkadan iborat. Uning
perpendikulyar plastinkaga qaragan yuzasida
ikkita ingichka, sal bir tomonga egilgan va
tashqariga buralgan o’simta: yuqorigi burun
chig’anog’I,
conchae nasalis superior , va
pastki o’rta burun chog’anog’I,
conchae nasalis media ,
bor.
Ba’zan
yuqorigi
burun
chog’anog’ining ustida rudiment o’simta – eng
yuqorigi burun chig’anog’i,
concha nasalis suprema , joylashadi (ras. 118). Labirintni
medial plastinkasining orqayuqorigi qismida,
yuqorigi va o’rta burun chig’anog’ining orasida
bigizsimon shakildagi fazo – yuqorigi burun
yo’li, meatuz nasi superior, O’rta burun
chig’anog’ining ostidagi yoriq bu – o’rta burun
yo’li,
meatus nasi madius, (ras. 118, 120) dir.
Ilmoqsimon o’simtadan orqa va yuqorida eng
katta yacheyka – g’alvirsimon pufak, bulla
ethmoidalis, joylashgan.
Ilmoqsimon
o’simta va katta g’alvir
pufakchasining orasida, pastda va oldinda yoriq
–
g’alvirsimon
voronka,
infundibulum ethmoidale, bo’lib uning yuqorigi oxiri peshona
suyagi pazuxasining teshigi bilan aloqa qiladi.
Ilmoqsimon o’simtaning orqa tomoni va katta
g’alvirsimon pufakchning pastki yuzasida
yrimoysimon yo’lak,
hiatus semilunaris , hosil
bo’lib,(ras. 119), u orqali yuqorigi jag’
suyagidagi pazuxa o’rta burun yo’li bilan
tutashadi.