Onkogenlar — o‘smalami hosil qiladigan hujayralami transfor-
matsiya qiladigan, kodlovchi oqsillami saqlovchi gen.
Patologiya (pathos - kasal, logos - ta’limot) - organizmning kasal
lik jarayonlarini o ‘rganuvchi fan yoki organizm faoliyatining, hola-
tining normadan chetga chiqishi, mayib-majruh holat.
Panmiksiya - populyatsiyada tasodifiy holda sodir boiadigan
nikoh.
Penetrantlik - gomozigota holatida dominant yoki retsesiv belgi
yoki kasallikni namoyon qiluvchi fenotipni yuzaga chiqish chastotasi.
Peroksisoma kasalliklari - hujayradagi peroksisomalaming
funksiyasi va moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib
chiqadigan irsiy kasallik.
Pleyotropiya - genning bir qancha belgilarga ta’sir ko‘rsatish xu-
susiyati; genning bir qancha belgining yuzaga chiqishini boshqarish
xususiyati.
Poligam iya - bir erkak hayvonning juftlashish mavsumida bir
qancha urg‘ochilari bilan qo‘shilishi.
Polimastiya - ortiqcha ko‘krak so‘rg‘ichlarining taraqqiy etishi.
Poliploidiya - ikki yoki undan ortiq xromosomalar yig‘indisiga
ega bo‘lgan hujayra.
Politeniya - ayrim ikki qanotlilar, sodda hayvonlar va o ‘simliklar
somatik hujayralaming yadrosida yirik, gigant xromosomaning hosil
bo‘lishi. Dastlabki xromosomada ko‘p marta ro‘y bergan DNK rep-
likatsiyasi va xromonemalaming bo‘linmasligi xromosomaning di-
amctri va uzunligining oshib ketishini taqozo etadi.
Profilaktika - kasallikning paydo b oiishi va tarqalishining oldini
olish, aholi sog‘lig‘i va jismoniy taraqqiyotini muhofaza qilish va
mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar majmuasi.
Psixozlar - ruhiy faoliyatning barcha xil buzilishlari.
Proband - tekshirilayotgan bemor yoki shajara tuziladigan bemor.
192