Xromosoma o‘zgarishlari
(aberratsiyalar)
- xromosoma mu-
tatsiyalari natijasida deleksiya, duplikatsiya,
inversiya, translokatsi-
yalaming yuzaga chiqishi.
Sentromera
- xromosomani teng ikkiga bo‘luvchi tanacha bo‘lib,
mitoz vaqtida bo‘linish duklari birikadi.
Sentriola
- hujayra markazi. Bo‘linish duklarini hosil qiladi. Ata-
mani 1895-yili Borveri kiritgan.
Sitogenetika
- genetikaning irsiy hodisalarini
hujayra miqyosida
o‘rganadigan fan.
Sitokenez
- mitoz telofazasidagi ona hujayra sitoplazmasining ik
kiga bo‘linish jarayoni.
E k zon
- gen mahsuloti (oqsil)ni kodlovchi genetik informatsiyani
tutgan genning bo‘lagi.
Ekspressivlik
- turli organizmlar ayrim genlarining bitta al-
lelining
fenotipda ifodalanish
darajasi. Atamani
1927-yili
N.M.Timofeyev-Resovskiy kiritgan.
Endokrin bezlar
- ichki sekretsiya bezlari.
Endomitoz
- xromosoma sonining yadro qobig‘i ichida bo‘linish
duki hosil qilmasdan ikki karra ko‘payishi.
Euxromatin
- yadroning interfaza holatida dispiralizatsiya holati-
dan qutulib qolgan xromosoma qismi.
Ekzoftalm
- ko‘z soqqasining ko‘z kosasidan oldinga chiqib turishi.
Dostları ilə paylaş: