Odam genetikasi


autosomalar yoki tana xromosomalar



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

autosomalar
yoki tana xromosomalar
deyiladi. Bir juft xromosomalar deb atalib, 
u ayollarda ikkita iks - XX, erkaklarda bitta X va bitta Y xrom o­
som adan tashkil topgan. B inobarin ayollar jin siy k o ‘payishi davri­
da bir xil gametalar (22 A+X)ni hosil qilsa, erkak organizm ikki xil 
(22 A+X) va (22 A+Y) gametalami hosil qiladilar. Demak, ayollar 
gomogametali, erkaklar geterogametali jins sanaladilar. Morgan va 
uning shogirdlari drozofila meva pashshasida jins bilan birikkan bel- 
gilami o ‘rganish natijasida jinsni aniqlashning xromosoma nazariya- 
sini yaratdilar. Bu nazariyaga k o ‘ra xromosomalar ota-ona belgi-xos- 
salarini avloddan-avlodga o ‘tishini ta ’minlovchi irsiyatning moddiy 
asosigina b o iib qolmay, shu bilan birgalikda b o ia jak organizmlar- 
ning jinsini ifodalashda ham asosiy rol o ‘ynaydi.
Jinsni aniqlashning xromosoma nazariyasi yaratilgandan so‘ng 
bu sohadagi tadqiqodlar jadal su’ratlar bilan olib borildi va yangi- 
yangi m a’lumotlar to ‘plandi. M a’lum boiishicha hamma organizm- 
larda urg‘ochi organizm gomogameta, erkak geterogameta emasligi, 
buning teskarisi b o iish i ham kuzatildi. Chunonchi qushlar va tanga 
qanotlilarda urg‘ochi organizmlar geterogameta, erkaklari esa gomo­
gameta ekanligi, hasharotlaming erkaklari bitta, urg‘ochilari ikkita X 
xromosomaga ega ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga XXY kariotipli 
drozofilalar urg‘ochi, XO kariotipiilar erkak organizm b o iish i ham 
m a iu m b o id i. Lekin odamlarda X xromosoma nechta bo iish id an
qat’i nazar Y xromosoma erkak jinsni belgilashi m a iu m b o id i.
6.3. 
Jins va gormonlar. 
Har qanday ayrim jinsli organizm tabiatan 
qo‘sh jinsli - biseksual hisoblanadi. Embrion taraqqiyotining dast- 
labki bosqichida jinsiy bezlar - gonadlarda erkak yoki urg‘ochiga xos 
jinsiy tafovutlar boim aydi. Jinsiy bezlar - gonadlar ikki xil tashqi 
- kortikal va ichki - medulyar qatlamdan tuzilgan. Rivojlanish jara- 
yonida «Y» jinsiy xromosomali homilada kortikal qatlami yemirilib, 
medulyar qatlamdan urug‘dan rivojlanadi. XX genotipli homilada 
aksincha medulyar qatlam yemirilib, kortikal qatlamdan tuxum- 
don shakllanadi. Homilada urug‘don va tuxumdon shakllangandan
95


so‘ng ulardan ajralgan gormonlar ta’sirida jinsiy organlaming qolgan 
qismlari rivojlanadi. Sut em izuvchilar shu jum ladan odamlarda jinsni 
taraqqiy qilish jarayoni ikki bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda 
jinsni zigotaning xrom osom alar to ‘plami, gonadlami jinsiy tabaqala- 
nishi belgilaydi, oqibatda yo tuxumdon, yo urug‘don rivojlanadi. Agar 
urug‘donlar rivojlansa, ular ajratgan testosteron gormonini embrion 
b o ‘yicha sirkulyatsiyasi tufayli somatik hujayralarning erkaklik jinsi 
b o ‘yicha rivojlanishi ta ’minlanadi. Mobodo tuxumdon shakllangan 
b o is a , u holda testosteron gormoni ishlab chiqarilmaydi va natijada 
somatik hujayralarda urg‘ochilik jins bo‘yicha rivojlanish ro‘y beradi. 
Demak, jins shakllanishining birinchi bosqichida asosiy rolni jinsiy 
xromosomalar, ikkinchi bosqichida gonodlardan ajratilgan gormonlar 
o ‘ynaydi. A niqlanishicha erkak jinsining rivojlanishi X xromosoma 
tarkibidagi maxsus genga b o g iiq . Chunki, bu gen ishtirokida sin­
tez qilingan oqsil molekulasi urg‘ochi va erkak jinsida regulyatorlik 
funksiyasini o ‘taydi. Bu oqsil molekulasi Y jinsiy xromosoma geni 
ta ’siri tufayli sintez qilingan testosteron gormoni bilan birikib effek- 
tor rolini bajaradi. Agar X xromosomadagi maxsus gen mutatsiyaga 
uchrasa, u holda Y xrom osom a testosteron gormon ta ’sirini sezmaydi, 
natijada homilaning urug‘doni bilan birga, yetilmay qolgan tuxum­
don hosil b o ia d i va erkak genotip bo‘yicha XY kariotipiga egaligiga 
qaramay, fenotip jihatdan ayol k o ‘rinishida b o iad i.
Jinsiy gormonlar bosh miyaga ham ta’sir etib, odamlaming xat- 
ti-harakatini o ‘zgartirishi mumkin. Chunonchi, homilador ayolga 
progestin gormoni yuborilsa, tu g ilg an qiz bola erkakshoda, y a’ni 
k o ‘proq o ‘g ‘il bolalar o ‘yinini o ‘ynash, yosh bolalarga enagalik qi- 
lishni yoqtirmaslik kabi xislatlar namoyon b o ia d i.
1955-yili Eychvald va Silmserlar Y jinsiy xromosoma nazorati- 
dagi H-Y antigen m avjudligini ixtiro qildilar. Chamasi H-Y antigeni 
homilaning dastlabki «erkak» hujayralaridan ajratiladi. Hozirgi vaqt- 
da H-Y retseptorlar gonadlam ing ikkala turi yuzasida borligi aniq- 
langan. Bu antigen ta ’sirida gonadlar keyinchalik urug‘donlaming 
rivojlanishiga olib keladi. Agar H-Y antigenining faolligi anti H-Y 
zardobi tom onidan neytrallashtirilsa, u holda gonadlar tuxumdonni
96


hosil qiladi. Keyingi olingan m aium otlarga ko‘ra H-Y antigeni Y jin- 
siy xromosoma geni bilan emas, balki uning nazoratidagi autosoma 
geni tomonidan kodlanadi. Bu gen Y jinsiy xromosoma b o ‘lmagan 
individlarda repressiyaga uchraydi. Kamdan-kam mutatsiyalarda Y 
jinsiy xromosoma hujayralarda uchramasa ham, erkak jins H-Y gen 
ta ’sirida shakllanadi. Ehtimol, bunday holatda Y jinsiy xromosoma- 
dagi H-Y antigeni translokatsiya tufayli autosomaga o ‘tgan b o iish i 
mumkin. Ikkinchi tomondan oz miqdorda ham hujayrada H-Y geni 
b o is a , XX jinsiy xromosomali individlar erkak organizm boiadilar.
Shunga o ‘xshash olingan m aiu m o tlar erkak jinsi faqat XY, ayol 
jinsi faqat XX jinsiy xromosomalar ishtirokidagina emas, balki auto- 
somalardagi b a’zi genlar ta ’sirida ham shakllanishidan dalolat beradi.
Yuqorida bayon etilgan m a’lumotlar odamlarda erkak va ayol 
jinsining qaror topishi bir tomondan X va Y jinsiy xromosomalarga, 
ikkinchi tomondan ularda joylashgan genlarga, uchinchi tomondan 
gormonlar faoliyatiga b o g iiq ckanligidan dalolat beradi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin