Odam va hayvonlarning



Yüklə 305,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.05.2023
ölçüsü305,83 Kb.
#108690
1   2   3
Yurak - Vikipediya

Enrike Simone
 tomonidan chizilgan 
rasm
. "Uning yuragi bor edi" (1890)


bolalarda Yurakning oʻng tomondagi
chegarasi toʻsh suyagining oʻng
chekkasidan 1,0—1,5 sm chiqib turishi
mumkin. Yurakning pastki chap chegarasi
V qovurgʻaning oʻrta oʻmrov chizigʻidan
1,5 sm ichkariga Yurak uchiga toʻgʻri
keladi.
Yurak chegarasi va vaziyati odam
koʻkragining shakliga ham bogʻliq,
qoʻkragi keng odamlarda Yurak
pastroqda joylashadi. Shuning uchun
bunday konstitutsiyaga ega boʻltan
odamlarda Yurak gorizontal holatda
turadi. Keng (uzunligi oʻrtacha boʻlgan)
koʻkrak qafasida Yurak qiyshiqturadi.
Ayollar yuragi bir oz kichik boʻlib,


gorizontal joylashadi. Jismoniy mehnat
va sport bilan shugʻullanadigan
odamlarda Yurakning hajmi birmuncha
katta boʻladi.
Yurak boʻlmachalari — venalar qonini
qabul qiluvchi boʻshliqlar. Oʻng boʻlmacha
katta qon aylanish doirasidan venoz qon
olib keluvchi yuqorigi va pastki kovak
venalar; chap boʻlmachaga 4 ta oʻpka
venalari quyiladi. Ikkala boʻlmacha
qorinchalar bilan boʻlmachaqorincha
teshiklari orqali tutashadi. Qorinchalar
qisqarganda teshiklar tavaqali
(qopqoqlar) klapanlar bilan berkiladi.
Qorinchalarning ichki yuzasida, bir-biri
bilan kesishgan muskul tolalari va


qorincha boʻshligʻiga chiqib turadigan
soʻrgʻichsimon muskullar bor. Bu
musqullar uchidan chiqqan payli tolalar
boʻlmachaqorincha klapanlari
tavaqalarining qirralariga yopishgan. Ular
klapanlar tavaqalarini boʻlmachaga qarab
burilishiga (koʻtarilishiga) toʻsqinlik qiladi.
Yurakning koʻkrak qafasida yurak xaltasi
ichida joylashishi (yurak xaltasi kesib
koʻrsatilgan).
Aorta va oʻpka arteriyasi asosida
yarimoysimon klapanlar joylashgan.
Klapanlar shu tomirlarning yoʻnalish
tomoniga ochiladigan 3 tavaqadan
iborat. Yurak qisqarganda qon oʻng


qorinchadan oʻpka arteriyasiga, chap
qorinchadan aortaga quyiladi.
Yurakning oʻng qorinchasidan oʻpka
poyasi kichik qon aylanish, chap
qorinchasidan aorta katta qon aylanish
doirasi boshlanadi. Yurak oʻz xaltasi —
perikardga oʻralgan, devori 3 qavat: ichki
endokard, oʻrta miokard va tashqi
elmkardryan iborat. Epikard va perikard
oʻrtasidagi tor boʻshliqsa boʻladigan
seroz suyuqlik Yurak ishlayotganda Yurak
devorlarining ishqalanishini kamaytiradi.
Yurakning muskul qavati — miokard
boʻlmachalarida 2, qorinchalarida 3 qavat
boʻlib, ixtiyorimizga boʻysunmay
qisqaruvchi maxsus koʻndalangtargʻil


muskul tolalaridan tarkib topgan, bu
xususiyat uni skelet muskullaridan ajratib
turadi. Yurakning boʻlmacha va qorincha
muskul tolalari 2 ta (oʻng boʻlmacha va
qorincha, chap boʻlmacha va qorincha
orasidagi teshikni oʻrovchi) fibroz tola
halqasidan boshlanadi. Lekin boʻlmacha
muskullari, qorincha muskullari bir-biri
bilan tutashmagan ayrimayrim fazada
qisqaradi. Boʻlmacha muskullari ichdan
boʻylama, sirtdan koʻndalang,
qorinchalarda esa ichki, tashqi qavati
boʻylama, oʻrtadagisi koʻndalangiga
joylashgan. Ichki va tashqi boʻylama
muskullar Yurak choʻqqisida tutashadi,
koʻndalang (oʻrta) muskullar
tutashmaydi. Qorinchalararo toʻsiq,


asosan, muskul toʻqimasi va uni qoplab
turgan endokard varagʻidan tuzilgan.
Miokardda bir-biriga bogʻliq alohida
muskul tolalari bor, ular Yurakning
oʻtkazuvchi sistemasini tashkil etadi. Oʻng
boʻlmacha devori, yuqori kovak venaning
ochilish joyida kovak vena (sinus) "Kis
Flyak" tuguni oʻrnashgan. Uning bir qism
tolalari 3 tavaqali klapan asosi sohasida
boshqa boʻlmachaqorincha (AshafTavar)
tugunini hosil qiladi. Undan
boʻlmachaqorincha (Gis) tutami
boshlanadi. Bu tutam qorinchalararo
toʻsiqda oʻziga tegishli qorinchalarga
boruvchi chap va oʻng oyoqlarga ajraladi.
Oyoqchalar endokard tagida alohida


Purkinye tolalari bilan tugallanadi.
Aortaning boshlangʻich qismidan
chiquvchi oʻnt va chap toj arteriyalari
Yurakni qon bilan taʼminlaydi. Yurakning
yirik venalari, oʻng boʻlmachaga
quyiladigan yurak sinusiga yigʻiladi (oʻng
boʻlmachaga mayda venalar ham
quyiladi). Yurakni adashgan va simpatik
nervlar innervatsiya qiladi. Bundan
tashqari. Yurak oʻziga xos impuls
oʻtkazuvchi yoʻllarga ham ega.
Yurak fiziologiyasi. Yurak faoliyati
miokardning ritmik qisqarishiga
asoslangan. Yurak qisqarishi sistola,
boʻshashishi diastola deyiladi. Yurak
avtomatik tarzda qisqaradi. Miokardning


qisqarishini taʼminlaydigan impulslar
Yurakning oʻtkazuvchi sistemasida hosil
boʻladi. Kovak vena (sinus) tugunida
normada minutiga 60—80 marta hosil
boʻladigan bu impulslar avval boʻlmacha
miokardiga tarqalib, undan
boʻlmachaqorincha tuguni hamda Gis
tutami va oyoqchalari orqali qorinchalar
miokardiga oʻtadi va ular qisqarishiga
sabab boʻladi. Qorinchalarga oʻtish
vaqtida impulslarning tezligi pasayadi.
Shu sababli qorinchalarnikiga nisbatan
boʻlmachalar qisqarishi ilgariroq
tugallanadi. Yurakning qisqarish va
boʻshashish davri Yurak faoliyati siklini
tashkil etadi. Bu sikl boʻlmachalar
sistolasi (0,1 sek), qorinchalar qisqarishi


(0,33—0,35 sek) va umum (qorinchalar va
boʻlmachalar bir yoʻla boʻshashish fazasi)
pauza (0,4 sek)dan iborat.
Boʻlmachalar qisqarganda ulardagi qon
bosimi (oʻng boʻlmachada simob ustuni
hisobida 1–2 mm dan 6–9 mm gacha,
chap boʻlmachada 8–9 mm gacha)
koʻtariladi. Natijada qon
boʻlmachaqorincha teshigi orqali
qorinchaga chiqadi.
Boʻlmachalar qisqarganda qorinchalarga
qonning faqat 30% i chiqib, 70% i umum
pauza vaqtida bemalol oqib keladi.
Qorinchalar sistolasi ham fazalarga
boʻlinadi. Qorinchalar bosimi oshganda


boʻlmachaqorincha klapanlari yopiladi,
lekin yarimoysimon klapanlari ochilmaydi.
Bunda (izometrik qisqarish fazasi)
qorinchalarning barcha muskul tolalari
qisqarib, tarangligi tobora kuchayadi.
Natijada qorinchalar bosimi aorta va
oʻpka poyasidagi bosimdan ham
oshgach, yarimoysimon klapanlar
ochiladi; qon qorinchalardan tomirlarga
otilib chiqadi; qonni haydash fazasi shu
tariqa boshlanadi.
Odamda qonni tomir sistemasiga
haydash Yurak chap boʻlmasi simob
ustuni hisobida 65–75 mm, oʻng
boʻlmasiniki 5–12 mm ga yetganda sodir
boʻladi. 0,10—0,12 sek ichida yurak


qorinchalari bosimi keskin [chap
qorinchada simob ustuni hisobida 110–
130 mm, oʻng qorinchada 25–35 mm ga
(qonni tez haydash fazasi)] ortishi
kuzatiladi. Qorinchalar qisqarishi (0,10—
0,15 sek) qonni sekin haydash fazasi
bilan tugallanadi. Keyin qorinchalar
boʻshasha boshlaydi, ular bosimi tez
pasayadi, yirik tomirlar bosimi koʻtarilib,
yarimoysimon klapanlar yopiladi.
Qorinchalardagi bosim 0 darajaga
tushganda tavaqali klapanlar ochilib, qon
boʻlmachalardan qorinchalarga tusha
boshlaydi. Bu faza tez (0,08 sek) va sekin
(0,07 sek) toʻlish fazasiga boʻlinadi.
Qorinchalar diastolasi ularga qon toʻlishi
bosqichi bilan tugaydi. Yurak faoliyati sikli


fazalarining davomiyligi oʻzgaruvchan,
Yurak ritmi chastotasiga bogʻliq. Shuning
uchun Yurak faoliyati sikli fazalarini
tekshirish Yurak muskullari faoliyati
holatini aniqlashning muhim usuli
hisoblanadi. Yurakdan minut sayin
haydalgan qon miqdori Yurakning
minutlik hajmi (MH) hisoblanadi, ikkala
qorinchadan chiqqan qon miqdori
baravar. Odamning tinch holatida
Yurakning minutlik hajmi oʻrta hisobda 4,5
—5 l, Yurakning bir qisqarishida
haydalgan qon miqdori — sistolik hajmi
oʻrta hisobda 65—70 ml ga teng.
Yurakning qisqarish kuchi va chastotasi
organizm toʻqima va aʼzolarining kislorod


va oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojiga
mos holda oʻzgarib turadi. Yurak
qisqarishini taʼminlaydigan impulslar
oʻzida hosil boʻlsa ham faoliyatini nerv
sistemasi boshqaradi. Adashgan nervlar
Yurak qisqarish kuchini susaytirib,
maromini sekinlashtiradi, simpatik
nervlar, aksincha kuchaytiradi. Yurak
muskullari oʻzini oʻzi boshqarish
xususiyatiga ham ega: mas, yurakka
qancha qon koʻp kelsa, u shuncha ortiq
kuch bilan qisqaradi. Yurak
muskullarining qancha kuch bilan
qisqarishi uning choʻzilishi, yaʼni muskul
tolalarining dastlabki (qisqarishidan
avvalgi) uzunligiga bogʻliq. Muskul tolasi
qancha tez choʻzilsa, shuncha kuchli


qisqaradi. Bu yurak qonuni deb ataladi.
Yurak kasalliklari haqida Yuraktomir
sistemasi kasalliklari va boshqalarga q.
Hamidov J.H., Oqilov A.T., Saidov T.M.,
Umumiybiologiyadan amaliy
mashgʻulotlar, T., 1970; Kovannatomiya
grudi, M., 1978; Ahmedov N.K., Atlas.
Odam anatomiyasi [2j.li], 2j., 2005.
Umurtqalilar yutijnbdomgragi miokard va
bogʻlovchi toʻqimadan iborat. Miokard
faqat yurakda bor mushak boʻlib, yurak
siqilib-kengayishiga mas’uldir. Oʻrtacha
odam yuragi daqiqasiga 72, oʻrtacha (66
yillik) umr davomida 2,5 milliard marta
Adabiyot


uradi. Ayollarda taqriban 250-300,
erkaklarda esa 300-350 g tosh bosadi.
[1]
Suyuqlik aylanish tizimiga ega
umurtqasizlarda yurak suv va oqsil, yogʻ
va uglevodlar kabi ozuqadan iborat
suyuqlikni itaruvchi kichik qop shaklida
boʻladi. Hasharotlarda yurak vazifasini

Yüklə 305,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin