Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Òekshiruvchi jadval yonida turib, ko‘rsatkich bilan jadvaldagi harflarni yuqori qatordan pastki qatorga tomon ko‘rsatadi. 4



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

3.
Òekshiruvchi jadval yonida turib, ko‘rsatkich bilan jadvaldagi harflarni
yuqori qatordan pastki qatorga tomon ko‘rsatadi.
4.
Òekshiriluvchi ma’lum qatorga kelib harflarni to‘g‘ri aniqlay olmasa,
o‘sha qatordan yuqoridagi qatorning ko‘rsatkichi uning ko‘z o‘tkirligini
bildiradi. Shu qatorning boshida yozilgan raqamga ko‘ra uning ko‘z o‘tkirligi
belgilanadi. O‘ng ko‘zidan so‘ng chap ko‘zining ko‘rish o‘tkirligi aniqlanadi.
I z o h .
Ko‘rish o‘tkirligi normal odam jadvalning 10-qatorigacha
harflarni ikkala ko‘zi bilan alohida-alohida, aniq ko‘ra oladi. Shunda
ko‘zlarining ko‘rish o‘tkirligi 1,0 deb belgilanadi. 10-qatordan yuqoridagi
qatorlarni ko‘ra olganda ko‘rish o‘tkirligi har qaysi qatorga 0,1 ga kamaya
boradi. Masalan, 9- qator — 0,9; 8- qator — 0,8 va hokazo.
2. Ko‘zning qorachiq reflekslarini aniqlash
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1. Tekshiriluvchi o‘quvchi yorug‘lik manbayiga (deraza yoki elektr
lampaga) qarab o‘tiradi.


135
2. Tekshiruvchi o‘quvchining ikkala ko‘zining qorachig‘i bir xil yoki
har xil ekanligini aniqlaydi.
3. So‘ngra tekshiruvchi bir qo‘li bilan tekshiriluvchining bitta ko‘zini
berkitib, ikkinchi ko‘zining qorachig‘i hajmi o‘zgarishini aniqlaydi, ya’ni
qorachig‘i kattalashadi. Berkitilgan ko‘zni ochgan zahoti uning qorachig‘i
ham kattalashgan bo‘ladi. Birozdan keyin esa ikkala ko‘zning qorachig‘i
ham kichiklashadi.
Tajriba quyidagicha tushuntiriladi:
1. Ko‘z qorachig‘i yorug‘lik ta’sirida torayadi, qorong‘ilik ta’sirida
kengayadi.
75- rasm. Golovin jadvali.


136
2. Har ikkala ko‘zning qorachig‘i bir vaqtda kengayish va torayish
xususiyatiga ega. Buning boisi shundaki, ikkala ko‘rish nervining tolalari
bosh miyaning pastki qismida qisman (yarim tolasi) kesishadi, ya’ni o‘ng
ko‘zning ko‘rish nervi tolalarining yarmi miyaning chap tomoniga, chap
ko‘zning ko‘rish nervi tolalarining yarmi miyaning o‘ng tomoniga o‘tadi.
Bu tolalar ikkala yarimsharning o‘rta miya sohasidagi to‘rt tepalik, deb
ataluvchi po‘stloqosti nerv markaziga boradi. U yerda ko‘rish nervidagi
qo‘zg‘alish ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi nerv markaziga o‘tadi va uning
tolasi orqali ko‘z soqqasiga kelib, ikkala ko‘zning qorachig‘ini ham bir
vaqtning o‘zida o‘zgartiradi (qorong‘ida kengayadi, yorug‘da torayadi).
3. Yuqoridagi tajribaning mazmunini o‘quvchilar daftarlariga yozib
oladilar.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin