137
eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida,
bilim olishi, hunar o‘rganishi, musiqa san’atini tushunishi va barcha
ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Eshitish organi — quloqning tuzilishi.
Eshitish organi bo‘lgan
quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan:
tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat (76- rasm).
Òashqi quloq — quloq suprasi
va
tashqi eshitish yo‘lidan
iborat.
Òashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil
topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq
yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
O‘rta quloq
bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burun-
halqumga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket
birikkan uchta
eshitish suyakchalari
(bolg‘acha, sandon, uzan-
gi) tovush to‘lqinlari ta’sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan
tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq
— bo‘shliq va yarimdoira kanalchalar sistemasidan,
ya’ni
suyak labirintdan
iborat. Suyak labirintning ichida
parda
labirint
joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda
perilimfa
suyuqligi
bo‘ladi. Parda labirintning ichida esa
endolimfa suyuqligi
bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni
sezuvchi hujayralar, ya’ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Suyak labirintning
dahliz
va
yarimdoira kanalchalar
deb
ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining
fazodagi muvozanatini ta’minlovchi vestibular analizator retsep-
torlari joylashgan.
Dostları ilə paylaş: