Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Òerining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Òerining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi.
Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli doimiy bir
xil saqlanadi, ya’ni 36,2—36,8°C atrofida bo‘ladi. Òashqi mu-
hitning ob-havosi o‘zgarishidan qat’i nazar, sog‘lom odamning
tana harorati yuqorida ko‘rsatilgan darajada saqlanadi.
Ob-havo issiq bo‘lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi
retseptorlar qo‘zg‘alib, undagi qon tomirlarini kengaytiradi.
Shuning uchun bunday vaqtda odamning terisi qizaradi. Odam
ko‘p terlaydi va teri orqali issiqlik ajralishi ko‘payadi.
1. 
Òeri qanday qavatlardan tuzilgan?
2.
Òerining himoya va sezish funksiyalarini tushuntiring.
3. 
Òerining ayirish funksiyasi qanday amalga oshadi?
4. 
Nafas olish va chiqarish jarayonlarida terining ishtirokini
tushuntiring.
5. 
Òana harorati doimiy bo‘lishida teri qanday ahamiyatga ega?
32- §. Organizmni chiniqtirish. Òeri gigiyenasi
Ma’lumki, odamning hayoti doim tashqi muhit bilan cham-
barchas bog‘langan. Òashqi muhitning har xil omillari odamga
doimo ta’sir ko‘rsatib turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay
ta’siriga (issiq, sovuq, namlik, bosim kabilarga) organizmni chi-
niqtirish odamning sog‘lom bo‘lishiga, ish qobiliyatining ortishiga
olib keladi.
Kundalik hayotda odam organizmini issiq-sovuq ta’siriga chi-
niqtirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sovuq havoga, suvga
chiniqtirish har xil shamollash kasalliklarining oldini olishga imkon
beradi. Organizmni chiniqtirishda quyidagi gigiyena qoidalariga amal
qilish lozim:
1. Chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak. Sovuq
havoda yoki sovuq suv ta’sirida chiniqtirilganda ularning harorati


91
avval 25°C bo‘lib, har ikki-uch kunda +1°C ga pasaytirib boriladi
va +10 —8°C gacha yetkaziladi.
2. Chiniqtirishning izchillik prinsiði shundan iboratki, orga-
nizmga ta’sir etayotgan chiniqtiruvchi omil (havo va suv) uzluk-
siz har kuni yoki kunora takrorlanishi zarur.
3. Chiniqtirishda har qaysi odam organizmining individual xu-
susiyatlari, ya’ni yoshi, jismoniy rivojlanganligi, sog‘lomligi e’ti-
borga olinishi kerak.
4. Chiniqtirishda o‘z-o‘zini nazorat qilish zarur, ya’ni chini-
qayotgan odam muntazam ravishda o‘z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi
va ish qobiliyati qanday o‘zgarayotganini kuzatib borishi lozim.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin