Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- §. Buyrakusti, me’daosti va jinsiy bezlar



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

36- §. Buyrakusti, me’daosti va jinsiy bezlar
Buyrakusti bezlari.
Bu bezlar ikkita bo‘lib, nomiga monand
o‘ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (57- rasm).
Ularning birgalikdagi og‘irligi 10—20 g. Buyrakusti bezlari ikki
qavat: ustki — 
po‘stloq 
va ichki — 
 miya qavatidan
iborat. Buyrakusti
bezining po‘stloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid,
androgen va estrogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va
adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Ularning hammasi odam
hayotida muhim ahamiyatga ega.
Mineralokortikoid gormoni 
organizmda mineral tuzlar alma-
shinuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
Glukokortikoid gormoni 
organizmda oqsil va uglevod almashi-
nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta’sirida qonda qand, jigarda
glikogen miqdori ortadi.
Androgen va estrogen gormonlari
erkaklar va ayollarning jin-
siy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrakusti bezlarining ichki — miya qismida 
noradrenalin
va
adrenalin
gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri
bir xil bo‘lganligi uchun ular birgalikda 
katexolamin
deb ham
yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak
qisqarishini tezlashtiradi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini
kuchaytiradi.
Me’daosti bezi.
Bu bez me’daning pastki va orqa sohasida birin-
chi bel umurtqasi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, uzunligi 16—20 sm,
massasi 70—80 g. Me’daosti bezi
aralash bez bo‘lib, to‘qimasining
98—99% i tashqi sekretsiya funk-
siyasini bajarib, ovqat hazm qilishda
ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab
chiqaradi. Bez to‘qimasining 1—2% i,
ya’ni 
Langergans orolchasi
deb ata-
luvchi qismi ichki sekretsiya funk-
siyasini bajaradi.
Bezning Langergans orolchasida
insulin gormoni ishlab chiqariladi.
Insulin
gormoni qondagi qand mod-
dasining ortiqcha qismi jigar va

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin