97
Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Òirok-
sinning 65% dan ko‘prog‘i yod moddasidan iborat. Bu gormon orga-
nizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida
muhim rol
o‘ynaydi. U yurak ishining gumoral yo‘l bilan boshqarilishida ishtirok
etadi. Òiroksin bolalarning o‘sishi va rivojlanishida, asab tizimi
funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega.
Giðotireoz,
ya’ni qalqonsimon
bez funksiyasining pasayishi
bola tug‘ilgandan keyin turli yoshlarda va, hatto, katta odamda ham
ayrim sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning og‘ir
ko‘rinishlarida bemorning tanasi shishadi,
aqliy faoliyati zaiflashadi,
ya’ni esda saqlash, o‘zlashtirish qobiliyati pasayadi.
Endemik buqoq.
Ba’zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foy-
dalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo‘ladi.
Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o‘rtasida
endemik buqoq
ko‘p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib,
bo‘yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil bo‘ladi.
Òireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi,
tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanishi natijasida sodir bo‘la-
digan kasallikdir. Uni aniqlagan olimning nomi bilan
Bazedov kasalligi
56- rasm.
8 yoshli o‘g‘il bolada tireotoksikoz
(Bazedov) kasalligining ko‘rinishi:
ko‘zlari chaqchaygan, qalqonsimon
bezi kattalashgan, o‘zi ozg‘in.
55- rasm:
1
—
qalqonsimon bez;
2
— ayrisimon bez.
7 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
1
2
98
deb ham yuritiladi (56- rasm). Bu kasallikda qalqonsimon bezning
hajmi kattalashib, ba’zan bo‘yinning oldingi sohasi bo‘rtib chiqadi.
Bemorda ko‘zning chaqchayishi, ko‘p terlash, asabiylashish,
uyqusizlik, ozish, yurak o‘ynashi holatlari sodir bo‘ladi.
Kasallik o‘z
vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda
ozib ketadi. Kasallikning og‘ir turida bemor jarrohlik yo‘li bilan
davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).
Dostları ilə paylaş: