106
— orqa miyaning qaysi bir segmentida
joylashgan nerv hujay-
ralari va ularning nerv tolalari shikastlansa yoki kasallansa, o‘sha
joydagi nerv markazlaridan ta’minlanadigan to‘qima va organlar-
ning sezish va harakatlanish funksiyasi yo‘qoladi, shu to‘qima yoki
muskul falajlanib qoladi. Orqa miya ikki xil: reflektor va o‘tkazuv-
chilik funksiyasini bajaradi.
1.
Nerv sistemasining asosiy funksiyalarini ayting.
2.
Nerv sistemasi qanday tuzilgan?
3.
Orqa miyaning joylashishi va tuzilishini tushuntiring.
38- §. Bosh miya
Ø
Miya qismlari, miya po‘stlog‘i
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha.
Odamning bosh
miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy
xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi.
U tashqi va ichki muhit
ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Òananing barcha
to‘qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog‘lab boshqaradi,
organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi.
Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi.
Bosh
miya bosh su-
yagining ichida joylashgan bo‘lib, og‘irligi katta odamda 1020—1970 g
gacha bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bosh miyaning katta-
kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.
Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining
po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining
murakkab fizio-
logik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog‘liq. Shuningdek,
odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi,
bilim olishi, mashq qilishiga bog‘liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun)
qismi va bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga
uzunchoq miya, Varoliyev ko‘prigi (miya ko‘prigi), o‘rta miya,
oraliq miya hamda miyacha kiradi (63-, 64- rasmlarga qarang).
Uzunchoq miya
bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning
quyi
qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga
tutashgan. Uning uzunligi 3—3,5 sm, massasi o‘rtacha 7 g bo‘ladi.
Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak
ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
107
Miya ko‘prigi
uzunchoq miyaning
ustki qismida joylashib,
yuqori tomon-
dan o‘rta miya, yon tomondan miyacha
bilan tutashib turadi. Miya ko‘prigida
uchlik, ko‘z soqqasini va yuz muskul-
larini harakatlantiruvchi nervlarning
markazlari joylashgan.
O‘rta miya
Varoliyev ko‘prigining
yuqorisida joylashgan bo‘lib, unda to‘rt
tepalik: to‘rt tepalikning oldingi 2
tasida
po‘stloqosti ko‘rish markazlari, orqadagi
2 ta tepalikda esa po‘stloqosti eshitish
markazlari joylashgan.
Oraliq miya
o‘rta
miyaning yuqori
qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya katta
yarimsharlari bilan qoplanib turadi.
Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus),
do‘mboqosti soha (giðotalamus) kiradi.
Miyacha
bosh miya katta yarimsharlari ensa bo‘lagining tagida
joylashgan, massasi 150 g (65- rasm).
Dostları ilə paylaş: