110
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining
harakat zonalaridagi
nerv hujayralari to‘plami
muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyaklarning
retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam
tanasining barcha qismlari
harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi.
Assotsiativ zonalarning
nerv hujayralari odam tanasining to‘qi-
ma va organlari bilan nerv yo‘llari orqali bog‘lanmagan, ular miya
po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv mar-
kazlarini) bir-biri bilan bog‘laydi. Bu
zonalar sezgi va harakatla-
nish organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi.
Bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismi odam oliy
nerv faoliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi,
ongi, o‘zlashtirishi,
eslab qolishi, boshqalar bilan muomala qili-
shi, madaniyati,
bilim olishi, hunar o‘rganishi, murakkab hara-
katlarni bajarishi miya po‘stlog‘ining faoliyatidir.
Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida har xil funksiyalarni bosh-
qaruvchi nerv markazlari joylashgan.
Chunonchi, po‘stloqning
ensa qismida ko‘rish, chakka qismida eshitish, peshana qismining
ostki
ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy
pushtasida harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi
markazlari joylashgan (67- rasm).
Dostları ilə paylaş: