Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- §. Nerv sistemasi kasalliklari



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

40- §. Nerv sistemasi kasalliklari
Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, ya’ni
markaziy va periferik qismdan iborat. Ularning kasalliklari ham
o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Markaziy nerv sistemasining kasalliklari.
Bosh va orqa miyani
ustidan o‘rab turgan pardalarning yallig‘lanishi 
meningit
deb atala-
di. Bunda bemorning boshi og‘riydi, tana harorati ko‘tariladi, ko‘ngli
aynib, qayt qiladi. Xastalik og‘ir kechganda bemor hushini yo‘qotishi
va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin.
Bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi 
ensefalit,
deb ataladi. Bu
yuqorida aytilgan meningit kasalligini o‘z vaqtida davolamaslik tufayli
yoki griðp, qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli yallig‘lanishi va
boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastalikda
bemorning tana harorati ko‘tariladi, umumiy ahvoli og‘irlashadi.
Orqa miya to‘qimasining yallig‘lanishi 
miyelit
deb ataladi. Bu ka-
sallik ko‘pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qo‘zg‘atadi
va 
poliomiyelit
kasalligi deyiladi— orqa miya nerv hujayralarining
yallig‘lanishi, 
poli 
— ko‘p degan ma’noni bildiradi, ya’ni 
poliomiyelit
orqa miya bir nechta segmentlari nerv to‘qimasining yallig‘lanishidir.
Kasallikning belgilari orqa miyaning zararlangan segmentlari
tomonidan boshqariladigan ishchi a’zolarning sezuvchanligi va


113
harakatlanishi susayishi yoki butunlay yo‘qolishidan iborat. Masa-
lan, qo‘l-oyoq muskullari ishini boshqaradigan nerv hujayralari
zararlansa, mazkur qo‘l va oyoqda oldin og‘riq sezilib, so‘ngra ular
falajlanib qoladi. Muskullarning tarangligi yo‘qolib, qo‘l-oyoq
lattadek osilib qoladi. Yuqoridagi xastalik belgilari sezilishi bilanoq,
asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilish kerak.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin