112
g‘aza segmentida joylashgan. O‘rta va uzunchoq miyadagi nerv mar-
kazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari
odamning bosh va yuz
sohasidagi organlarga boradi. Shuningdek, parasimpatik nervning bitta
tolasi (adashgan nerv)
uzunchoq miyadan chiqib, ichki organlarga
boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg‘aza segmentidan
chiquvchi tolalari qorin bo‘shlig‘ining
pastki qismida va chanoq
bo‘shlig‘ida joylashgan organlarga boradi. Parasimpatik nervlar simpatik
nervlarga nisbatan teskari ta’sir ko‘rsatadi. Bu degan so‘z, simpatik
va parasimpatik nerv sistemasining ishi
bir-biriga qarama-qarshi emas,
balki ular to‘qima va organlar funksiyasini zaruratga qarab tartibga
soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizmning
tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.
1.
Vegetativ nerv sistemasi qaysi organlarning ishini boshqaradi?
2.
Simpatik nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalarini ayting.
3.
Parasimpatik nerv sistemasining tuzilishi
va funksiyalarini tushun-
tiring.
Dostları ilə paylaş: