Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

61- rasm.
Odam tanasi
turli sohalarining orqa
miya nervlari bilan
ta’minlanishi.


105
miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan ishchi
organlarga o‘tkaziladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqoriga ko‘tariluvchi va past-
ga tushuvchi, o‘tkazuvchi nerv yo‘llari bosh miyaning pastki
qismlarida kesishadi. Bosh miyaning o‘ng yarimsharlaridagi nerv
markazlaridan kelayotgan nerv tolalari chap tomonga, chap
yarimsharniki esa o‘ng tomonga o‘tadi. Buning natijasida, o‘ng
yarimshar tananing chap tomonidagi to‘qima va hujayralar
funksiyasini boshqaradi, chap yarimshar esa, o‘ng tomonidagi
to‘qima va organlar funksiyasini boshqaradi.
Orqa miyaning har qaysi segmentida joylashgan nerv mar-
kazlari (nerv hujayralari to‘plami) tananing turli sohalaridagi to‘-
qima va organlarning sezuvchanligini hamda harakatini ta’minlaydi:
— orqa miyaning bo‘yin segmentida joylashgan nerv markazlari
tananing bosh sohasidan to ko‘krakning 5- qovurg‘asigacha,
qo‘lning tashqi yuzasi, kaft va barmoqlarning terisi hamda mus-
kullarining sezish va harakatlanish funksiyasini ta’minlaydi;
— orqa miyaning ko‘krak segmentida joylashgan nerv mar-
kazlari ko‘krak qafasining 5- qovurg‘a sohasidan boshlab, to qovuqqa
qadar va qo‘lning ichki yuzasi teri va muskullarini hamda shu so-
hada joylashgan ichki organlarning sezish va harakatlanish
funksiyasini ta’minlaydi;
— orqa miyaning bel segmentida joylashgan nerv markazlari
tananing qovuq sohasidan boshlab, to oyoqlarning oldingi yuzasi
va oyoq barmoqlarigacha bo‘lgan to‘qima va organlarning sezish va
harakatlanish funksiyasini boshqaradi;
62- rasm, 
a
 da tizza refleksi
hosil bo‘lishi tasvirlangan.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin