Orqa miyaning reflektor funksiyasi reflekslar hosil qilishdan iborat.
Ref- leks — nerv sistemasi orqali yuzaga
keladigan tashqi va ichki muhit ta’siriga
organizmning javob reaksiyasidir.
Refleks markaziy nerv sistemasining
asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi.
Odam organizmining barcha faoliyati
reflekslar orqali amalga oshadi.
Masalan, og‘riqni sezish, qo‘l va
oyoqlarning harakati, nafas olish va
chiqarish, ko‘zni yumish va ochish
kabilar.
Refleks yoyi. Har bir refleksning
refleks yoyi bo‘lib, u quyidagi
qismlardan iborat: 1)
retseptor —
to‘qima va organlarda joylashgan bo‘lib,
tashqi va ichki muhit ta’sirini qabul
qilib qo‘zg‘aladi; 2)
sezuvchi nerv tolasi — retseptorning
qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi;
3)
nerv markazi — miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va
harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat; 4)
harakat- lantiruvchi nerv tolasi — nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi
organga yetkazadi; 5)
ishchi organ — muskul, bez, qon tomirlari
va hokazo.
Orqa miya reflekslari. Odamda orqa miyaning harakatlantiruvchi
refleksini quyidagi tajribada kuzatish mumkin. Buning uchun
tekshiriluvchi odam stulda oyoqlarini chalishtirib o‘tiradi. Uning
yuqorida turgan oyog‘ining tizza payiga maxsus rezina bolg‘acha bilan
sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib ko‘tariladi. Bu tizzaning
harakat refleksini ko‘rsatadi. Tizza refleksi quyidagi refleks yoyi bo‘-
yicha hosil bo‘ladi: retseptor sezuvchi nerv tolasi — sezuvchi nerv
hujayrasi, oraliq nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv hujayrasi,
harakatlantiruvchi nerv tolasi, muskul (62- rasm). Bu orqa miyaning
o‘tkazuvchanlik funksiyasi hisoblanadi. Òananing turli joylarida-
gi retseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miya nerv
markazlariga kelgan impuls uning oq moddasida joylashgan o‘tka-
zuvchi nerv yo‘llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga
o‘tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo‘lgan
qo‘zg‘alish pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali orqa