Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


  Odam tanasida qanday bezlar bor? 2



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

1. 
Odam tanasida qanday bezlar bor?
2.
Nima uchun ichki sekretsiya bezi deb ataladi?
3. 
Gormon nima?
4. 
Aralash bezlar qanday xususiyatlarga ega?
5. 
Giðofiz bezi qayerda joylashgan va qanday tuzilgan?
6.
Epifiz bezining joylashuvi va funksiyasi haqida nimalarni bilasiz?
35- §. Qalqonsimon, qalqon orqa va ayrisimon bezlar
Ø
Funksiyasi va ahamiyati
Qalqonsimon bez.
Bu bez bo‘yinning oldingi qismida joylash-
gan bo‘lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi.
Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5—10 yoshli bolalarda 10 g, kat-
talarda 25—30 g gacha bo‘ladi (55- rasm).


97
Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Òirok-
sinning 65% dan ko‘prog‘i yod moddasidan iborat. Bu gormon orga-
nizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida muhim rol
o‘ynaydi. U yurak ishining gumoral yo‘l bilan boshqarilishida ishtirok
etadi. Òiroksin bolalarning o‘sishi va rivojlanishida, asab tizimi
funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega.
Giðotireoz, 
ya’ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi
bola tug‘ilgandan keyin turli yoshlarda va, hatto, katta odamda ham
ayrim sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning og‘ir
ko‘rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi,
ya’ni esda saqlash, o‘zlashtirish qobiliyati pasayadi.
Endemik buqoq. 
Ba’zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foy-
dalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo‘ladi.
Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o‘rtasida endemik buqoq
ko‘p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib,
bo‘yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil bo‘ladi.
Òireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi,
tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanishi natijasida sodir bo‘la-
digan kasallikdir. Uni aniqlagan olimning nomi bilan 
Bazedov kasalligi
56- rasm.
8 yoshli o‘g‘il bolada tireotoksikoz
(Bazedov) kasalligining ko‘rinishi:
ko‘zlari chaqchaygan, qalqonsimon
bezi kattalashgan, o‘zi ozg‘in.
55- rasm:
1
qalqonsimon bez;
2
— ayrisimon bez.
7 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
1
2


98
deb ham yuritiladi (56- rasm). Bu kasallikda qalqonsimon bezning
hajmi kattalashib, ba’zan bo‘yinning oldingi sohasi bo‘rtib chiqadi.
Bemorda ko‘zning chaqchayishi, ko‘p terlash, asabiylashish,
uyqusizlik, ozish, yurak o‘ynashi holatlari sodir bo‘ladi.
Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda
ozib ketadi. Kasallikning og‘ir turida bemor jarrohlik yo‘li bilan
davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin