Qalqon orqa bezi. Bu bez to‘rtta bo‘lib, qalqonsimon
bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy og‘irligi
100—150 mg ni tashkil qiladi.
Qalqon orqa bezlaridan
paratgormon gormoni ishlab chiqariladi.
Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga
solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv-muskul tizimining
qo‘zg‘aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab
uchadi, qo‘llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch
to‘kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bo‘lib qoladi,
nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi ortib ketib, odam
tanasining umumiy qaltirashi, ya’ni
tutqanoq (tetaniya) holati
yuzaga keladi.
Qalqon orqa bezlarining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab
chiqarilishi ko‘paysa, nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi
pasayib, tana muskullari bo‘shashib qoladi, odam umumiy
holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez. Bu bez to‘sh suyagining orqa yuzasida joy-
lashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo‘lib, to balog‘atga
yetish davrigacha, ya’ni 14—15 yoshgacha kattalashib, 30—40 g
ga yetadi. So‘ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi.
Ayrisimon bez
timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalar-
ning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jinsiy bezlar funksiyasini
pasaytirib, bolaning me’yorida balog‘atga yetishishida ishtirok
etadi. Bundan tashqari, timozin limfotsitlar hosil bo‘lishini ku-
chaytirib, organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.
1. Qalqonsimon bezning joylashishi va tuzilishini ayting.
2. Òiroksin gormoni qanday vazifani bajaradi?
3. Qalqonsimon bezning funksiyasi pasayishi va kuchayishi natija-
sida qanday kasalliklar sodir bo‘ladi?
4. Qalqon orqa bezlarining joylashishi va funksiyasini tushuntiring.
5. Ayrisimon bez qayerda joylashgan va qanday ahamiyatga ega?